Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga bag’ishlangan tadbir

2019 yilning 10 aprel kuni filialning kichik majlislar zalida filial direktori A.Rasulov rahbarligida filialning “Tillar” kafedrasi doyenti M.Mirzayev va talaba-yoshlarning 50 nafari ishtirokida buyuk o‘zbek yozuvchisi – Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan adibning ijodiga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Badiiy kechani filial direktori ochib berdi va o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy shaxsining bugungi kun davlat siyosatidagi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.

Mutaxassis sifatida adabiyotshunos M.Mirzayev Abdulla Qodiriyning adabiyot olamidagi o‘rni, adabiy me’rosi, adib asarlaridan sahnalashtirilgan kinofilmlar va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati borasida keng tushunchalar berib o‘tdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan to‘liq javoblar berildi.

Tadbirdan olingan fotolavhalar ilova qilinadi.

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat                                                          A.Rayimov