Diqqat! TATUda Respublika ilmiy-texnik anjumani oʻtkaziladi (axborot xati)

2019-yil 14-15 mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Iqtisodiyotning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-texnik anjumanini oʻtkazadi.

Anjuman quyidagi shoʻbalar boʻyicha faoliyat yuritadi:

1. “Elektron hukumat” va “Elektron tijorat” rivojlanishining innovatsion texnologiyalari

  • maʼsul: t.f.d., prof. Yakubov M.S., t.f.n., dos. Zaynutdinova D.B.
  • maʼlumot uchun tel.: 238-64-83; e-mail:maksadhan@mail.ru;

2. Informatika va axborot texnologiyalarining zamonaviy muammolari

  • maʼsul: t.f.n. Kuchkarov T.A., Shukurov K.
  • maʼlumot uchun tel.: (+99897) 708-22-10; e-mail: timanet4u@gmail.com;

3. Dasturiy mahsulotlarni yaratish va uning istiqbollari

  • maʼsul: t.f.d. Babomuradov O.J., Shaazimova M.
  • maʼlumot uchun tel.: 238-65-07; e-mail: madish_86@mail.ru

4. Axborot kutubxona va arxivlar jarayonlarini boshqarish

  • maʼsul: t.f.d., prof. Raxmatullayev M.A., dos. Ganiyeva B.I.
  • maʼlumot uchun telefon 238-65-05; e-mail marat56@mail.ru;

5. Axborot xavfsizligining zamonaviy muammolari va rivojlanish istiqbollari

  • maʼsul: t.f.n. Gʻulomov Sh.R., Xamidov Sh.
  • maʼlumot uchun tel.: (+99890) 970-84-64; e-mail: conf2018tuit@gmail.com;

6. Zamonaviy pedagogikada axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash usullari.

  • maʼsul: t.f.n., dos. Ziyadullayev D.Sh., Taylakova Sh.N.;
  • maʼlumot uchun tel.: (+99871) 238-65-50; e-mail: dziyadullaev@inbox.ru

7. Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini rivojlanish istiqbollari

  • maʼsul: t.f.n., dos. Eshmuradov A.M., t.f.n., dos. Gulturayev N.X.
  • maʼlumot uchun tel.: (+99871) 238-65-56; e-mail: a.eshmuradov@mail.ru

8. Raqamli televideniye, radioeshittirish, simsiz aloqa texnologiyari, radiotexnika. Rivojlanish istiqbollari.

  • maʼsul: t.f.n., Nosirov X.X, t.f.n. Gavrilov I.A.
  • maʼlumot uchun tel.: 238-64-38; e-mail: n.khabibullo1990@gmail.com

9. Zamonaviy tele va kino maxsulotlarini ishlab chiqarishda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari

  • maʼsul: f.-m.f.n., dos. Muxamadiyev A.Sh., t.f.n. Bazarbayev B.
  • maʼlumot uchun tel.: (+99871) 238-65-61; e-mail:abduvalim@mail.ru;

10. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari

  • maʼsul: i.f.n., dos. Ismailova G.F., i.f.n., dos. Iminova N.
  • maʼlumot uchun tel.:238-64-65; e-mail: gulnora_ismoilova@mail.ru

Anjumanni oʻtkazish uchun barcha sharoitlar tashkil etiladi: shaxsiy kompyuter, elektron proyektor va kerakli dasturiy taʼminot. Prezentatsiyalarni Power Point 97-2003 dasturida tayyorlash zarur.

Anjuman maʼruzalarini 2019-yil 20-fevralgacha tegishli fakultetga topshirish kerak.

ANJUMAN TILLARI

Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, ingliz va rus.

ANJUMAN MAʼRUZALARINING CHOP ETILISHI

Anjuman maʼruzalarini asl til va nusxada chop etiladi. Maʼruzalar hajmi 2-3 toʻliq bet.

MAʼRUZALARGA QO’YILADIGAN TALABLAR

1. Maʼruza matnlari A4 formatdagi varaqda va quyidagi oʻlchamlar bilan chapdan – 3,0 sm, oʻngdan – 1,5 sm, yuqoridan va pastdan – 2,0 sm rasmiylashtiriladi. Betlarga raqam qoʻyilmaydi. Microsoft Word 2003 dasturida Times New Roman Uz va Times New Roman shriftida 14 oʻlchamda terilgan, 1 intervalda bosilgan holda bitta qogʻoz versiyasi bilan elektron versiyasi ham topshiriladi. Qogʻoz versiyasini lazer printerda chiqarish lozim.

2. Rasmiy talablar:

– birinchi qatorda – maʼruzaning nomi bosh bosma harfda oʻrtadan qalin qilib yoziladi, ikkinchi qator – boʻsh, uchinchi qator (vatoʻrtinchi,agarmualliflar ikkita boʻlsa) – muallifning I.Sh.Familiyasi, qavs ichida (ish, oʻqish joyi, lavozimi), oddiy harfda qiya qilib yoziladi. Keyingi qator boʻsh qoldiriladi, undan keyin maʼruza matni keltiriladi;

– ham mualliflar ikkidan ortiqboʻlmasligi va bitta muallifdan maʼruzalar ikkitadan koʻp boʻlmaslik kerak;

– jadval nomi tepada oʻrtadan qilib yoziladi, keyin jadval – oʻrtadan qilib rasmiylashtiriladi.

– rasm nomi rasm pastidan, rasm va uning nomi oʻrtadan qilib yoziladi.

Rasmlar nuqtaviy formatlarida keltiriladi (masalan, Paint redaktori). Microsoft Word vositalari yordamida rasmlarni bajarish maʼn etiladi;

– formulalar Microsoft Word formulalar redaktorida teriladi;

– birorta skaner qilingan axborot ishlatilishi maʼn etiladi.

3. Anjuman maʼruzalari asl nusxada chop etiladi. Maʼruza matnlariga taqrizlar berilmaydi,oʻzgartirishlar kiritilmaydi. Maqolalar qaytarilmaydi. Taqdim etilgan axborot toʻgʻriligi uchun muallif(lar) shaxsan javobgar.

Maqolani anjuman dasturiga kiritilganligi toʻgʻrisida axborot muallifning elektron pochtasi orqali yoki ogʻzaki 2019 yil 25 fevralgacha xabardor qilinadi.

4. Anjumanda ishtirok etish uchun har bir maqola uchun 30 000 soʻm toʻlanadi.

Tashkiliy toʻlov 2019 yil 28 fevraliga qadar amalga oshiriladi, bank hisob raqamiga oʻtkaziladigan pul joʻnatmalarining rekvizitlari qoʻyida keltirilgan. Jismoniy shaxslar toʻlovlarni Ipak Yoʻli bankining istalgan boʻlimlari orqali amalga oshirishlari mumkin.

Maqola nashri uchun toʻlovlarni quyidagi hisob raqamiga oʻtkazish talab etiladi:

Qabul qiluvchi: TATU (fond) Amir Temur, 108

Gʻaznachilik x/r 23402000300100001010

OPЕRU Kaznacheystvo Min.fin.RUz

INN 201122919

L/sch. 400110860262667950100078001

XKKM Markaziy bank

MFO 00014  INN 201059323  OKONX 92110

Toʻlov turini “Respublika anjumanida ishtiroki uchun toʻlov” deb belgilash, shuningdek tashkilot, katnashchi F.I.Sh. ni koʻrsatish lozim.

4. Alohida qogʻozda muallif(lar) toʻgʻrisida maʼlumot keltiriladi:

– toʻliq familiya, ismi-sharifi;

– ish (oʻqish) joyi va lavozimi;

– telefon, elektron pochta;

– shoʻba.

Eslatma: Tahririyat kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Manzil: Toshkent sh., 100202, A.Temur koʻchasi, 108.

Tel.: (8-371) 238-64-43

Anjuman talablarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin!

O’QING: TALABALAR UCHUN YANGI TANLOV – “BIG IDEA CHALLENGE”!

TATU matbuot xizmati

Leave a Reply