“Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 martdagi

87-01-193-sonli xati ijrosi yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 martdagi 87-01-193-sonli xati ilovasi asosida hamkor tashkilotlar bilan “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzularida davra suhbati 2019 yilning 2 aprelda o‘tkazilishi belgilangan edi. Davra suhbati hamkor tashkilotlar bilan kelishilgan holda amaliy jixatdan 2019 yilning 27 mart kuni filial akademik litseyida bo‘lib o‘tdi.

Unda hamkor tashkilotlardan O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar diniy idorasi Farg‘ona viloyat vakilligiga qarashli Farg‘ona shaxar “Ahmadjon qori” jome’ masjidi imomi noibi Q.Rahmatov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov va filial akademik litseyi talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Davr suhbatidan olingan fotolavhalar quyida ilova qilinadi.