“Biz yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida “Yugurish Marafoni” o’tkazildi

O‘zbekistan Respublikasi Prezidenta rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda ilgari surilgan 5 ta tashabbusni Farg‘ona shaxrida ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 12 aprel kuni “Biz yoshlar sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida “Yugurish Marafoni”, yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha mehnat yarmarkasi, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga chorlash bo‘yicha salomatlik tibbiy ko‘rigi, sport va madaniyat to‘garaklariga yoshlarni keng jalb etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yuqoridagi xatga asosan 2019 yilning 12 aprel kuni Farg‘ona shaxar “Al-Farg‘oniy” ko‘chasida saot 8-00da marafonga start berildi. Unda filial talabalari Filial Sport klubi raisi X.Arabboyev boshchiligida ishtirok etdilar.

Soat 9-00da “Al-Farg‘oniy” bog‘ida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiy hodimlari Farg‘ona shaxri aholisi va talaba-yoshlarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Bog‘ning ichida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida filialning 4 bosqich bitiruvchi talaba-yoshlari ishtirok etib, o‘zlari qiziqqan kasb yuzasidan zavod-korxonalar bilan 3 tomonlama shartnomalar tuzishdi.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                                        A.Rayimov