8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

2019 yilning 6 mart kuni filialning katta majlislar zalida filialning boshqaruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishning ikkinchi qismida “8 mart Xalqaro xatin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan filial rahbari va birlashgan kasaba uyushmasi raisi barcha xotin-qizlarni tabrikladi va joriy o‘quv yilida faol bo‘lgan xotin-qizlarga faxriy yorliq hamda bayram sovg‘alari topshirildi.

7 mart kuni filialning katta majlislar zalida “8 mart Xalqaro xatin-qizlar kuni” bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bayram tuhfasi sifatida filialning iqtidorli talabalaridan iborat “Android” jamoasi qiziqarli chiqishlari bilan o‘z sahna ko‘rinishlarini yig‘ilganlarga namoyish etishdi. Tadbirda talabalarning 180 nafari ishtirok etishdi.