Filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

2019 yilning 10 iyun kuni filial katta majlislar zalida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida DHX Farg‘ona viloyat departamentidan Mirzohid Toshmatov, Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari (70 nafar) ishtirok etdilar. Farg‘ona viloyat hokimligining 2019 yil 4 iyundagi 157/01-49-sonli xatiga asosan 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan iyun oyini “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinganligi ma’lum qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish mazmunida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olindi. Yuqoridagi mavzu yuzasidan targ‘ibot uchrashuvlari akademik guruhdarda davom etdi.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                              A.Rayimov