Hokim va yoshlar uchrashuvi

Fargʼona viloyati hokimi Sh.Gʼaniyev 2020 yilning 17-18 iyun kunlari viloyatning Margʼilon shahri va Yozyovon tumanlaridagi maktab va kollej bitiruvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda viloyatimizdagi yoshlarning intilish va tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, isteʼdod va salohiyatini namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Soʼnggi yillarda oʼsib kelayotan avlodga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Beshta muhim tashabbusning har bir yoʼnalishini tuman va shaharlarda tizimli amalga oshirish boʼyicha vazifalar belgilandi. Ochiq muloqot tarzida oʼtgan uchrashuvda navqiron avlod vakillari oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi. Samimiy va oshkora ruhda oʼtkazilayotgangan tadbirlarda viloyatimizdagi oliy oʼquv yurti rahbarlari, soxa korxona rahbarlari tashrif buyurib, oʼquvchi yoshlar, yosh tadbirkorlar, iqtidorli sportchilar oʼzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan viloyat hokimiga, oliy oʼquv yurti rahbarlari hamda soha korxona rahbarlariga toʼgʼridan-toʼgʼri murojaat qildi. Joyida hal qilish imkoni boʼlgan ogʼzaki murojaatlar qanoatlantirildi. Аtroflicha oʼrganish taqozo etiladigan masalalarni hal etish yuzasidan tuman hokimligi hamda vakolatli idoralarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda tashabbuskor va faol yoshlar oʼzlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqida ochiq-oydin muloqot qilindi. Margʼilon shahridagi yosh tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash, yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish, Yozyovon tumani bitiruvchilarni oliy oʼquv yurtiga kirish masalalari, yaratilgan imtiyozlar masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbir davomida soʼzga chiqqan oʼquvchilar viloyat hokimiga, qolaversa tuman hokimiga hamda oliy oʼquv yurti rahbarlariga va soha korxona rahbarlariga alohida minnatdorlik bildirdi. Ochiq va samimiy ruhda oʼtgan uchrashuvda yoshlarga taalluqli barcha dolzarb masalalar keng va toʼlaqonli qamrab olindi. oʼzlarini qiziqtirgan masalalar, yangi gʼoya va tashabbuslari, tashvishga solayotgan muammolari yuzasidan viloyat hokimiga toʼgʼridan-toʼgʼri murojaat qilib, savollariga javob olishdi.