«InnoWeek-2019» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tdi

2019-yilning 29-31-oktyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» majmuasida xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlar faol ishtirokida «InnoWeek-2019» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tdi.

29 oktyabr kuni “InnoWeek.Uz-2019” – innovatsion g`oyalar haftaligi o`z ishini boshladi. Tadbirning tantanali ochilish marosimida Fan, ta’lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxitov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov, O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazining (APCTT) rahbari Michiko Enomoto ishtirok etishdi.

A.Abduhakimov: “Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich “Bugungi kunda dunyo miyosida shafqatsiz raqobat tobora keskin tus olmoqda. Bunday murakkab sharoitda zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish bo`yicha biz uzluksiz ish olib borishimiz kerak”, deb bir necha bor ta’kidlab kelmoqdalar. Bugungi tadbir xalqaro miqyosda innovatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan turli darajadagi soha vakillari hamda davlat organlari, innovatsion infratuzilma sub’yektlari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar va xususiy tadbirkorlar, shuningdek, chet el investitsiya fondlari, innovatsion markazlar va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari uchun o`zaro manfaatli hamkorlik platformasini tashkil etishga xizmat qiladi”.

Raqamlar:

→ 2018 yilda Xalqaro innovatsion g`oyalar haftaligida respublikamizning hududlaridan hamda 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, ishbilarmonlar, yirik kompaniyalar va killari soni 5278 nafarni tashkil etgan.

→ Bu yilgi innovatsion haftalikda 30 dan ortiq xorijiy davlatlar vakillari va respublikamizdan jami 6000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilgan edi.

→ Ko`rgazmada 17 ta xorijiy va 29 ta mahalliy korxona va tashkilotlar ishtirok etmoqda.

→ Joriy yildagi innovatsion haftalik doirasida tashkil etilayotgan xalqaro innovatsion-investitsion forumda 35 dan ortiq xorijiy va 20 dan ortiq mahalliy spikerlar qatnashdi.

II Xalqaro innovatsion g`oyalar haftaligi doirasida 2018-2019 yillarda xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Ularni taqdirlashda Fan, ta’lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxitov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa’dullayev ishtirok etdi. O`quvchilar va ularning ustozlariga esdalik sovg`alari topshirildi. Shuningdek, InnoWeek-2019innovatsion g`oyalar haftaligi doirasida Xalqaro innovatsion-investitsiya forumi bo`lib o`tmoqda. Ushbu forumda bir qator xorijiy investitsiya kompaniyalari ham ishtirok etmoqdalar. Haftalikning birinchi kunida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Xitoy, Turkiya, Isroil, Polьsha va Hindiston davlatlaridan kelgan investorlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni nazarda tutuvchi umumiy qiymati 96,5 mln.dollarga teng bo`lgan anglashuv memorandumlari va shartnomalar imzolandi. Investor ishtirokchilar bilan texnologiyalar transferi, tajriba almashish, qo`shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish, startap va innovatsion loyihalarning qo`shma tanlovlarini tashkil etish va moliyalashtirish, innovatsion faoliyatni venchur moliyalashtirish va boshqa sohalarda hamkorlikni yo`lga qo`yishga kelishib olindi.

Shunday qilib, innovatsion rivojlanish vazirligi UBTech Robotics Ltd. (Xitoy) (sun’iy intellekt, maishiy elektronika, sanoat injiniringi, mashinali o`qitish, mahsulotlar tadqiqoti va robototexnika yo`nalishida hamkorlik qilish bo`yicha), TUYa Smart (Xitoy) (ilovalar marketingi, korxonalar uchun dasturiy ta’minot, Internet, buyumlar Interneti, dasturiy ta’minot, veb-ishlanmalar yo`nalishida hamkorlik qilish bo`yicha), IMPEL GROUP (Polьsha) o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi (ko`chmas mulkni boshqarish, ularni xavfsizligini ta’minlash va biznes-jarayonlarni boshqarish yo`nalishida hamkorlik qilish bo`yicha), WaterGen Ltd. (Isroil) o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi (havodan suv tayyorlash, konditsionerlar suvini tozalash va batareyalardan quvvatlanuvchi mobilь suv tozalash bo`yicha), APCTT UNESCAP (Hindiston) (turli sohalarda texnologiyalar transferi yo`nalishida tashkiliy masalalar, inson resurslarini rivojlantirish, tadqiqotlar, ishbilarmonlik sheriklik munosabatlarni rivojlantirish bo`yicha) o`zaro anglashuv memorandumlariga imzo qo`yildi.

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining Shanxay farmakologiya instituti bilan Navoiy viloyatida dorivor substantsiyalarni ishlab chiqish bo`yicha zavod qurish bo`yicha 10,0 mln.doll qiymatidagi, Turkiyaning “IKI-EL MAKINA INSAAT GIDA SANAYI VE TICARET LTD STI” kompaniyasi bilan yem-xashak mashinalari, un fabrikalari, don saqlash va tomchilab sug`orish tizimlarini ishlab chiqarish bo`yicha 20,0 mln.doll. qiymatidagi shartnomalar imzolandi. Bundan tashqari, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoyning ANHUI ShUIʼAN CONSTRUCTION GROUP CO” LTD (ShUIʼAN GROUP) kompaniyasi o`rtasida alyuminiy qutilarini ishlab chiqarish bo`yicha 66,5 mln.doll.ni o`zlashtirishga doir o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

InnoWeek- 2019 Innovatsion g`oyalar haftaligi doirasida O`zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan biri — O`zbekistonning Global innovatsion indeks (GII) ko`rsatkichida ilg`or 50 mamlakatlar qatoridan o`rin olishini ta’minlashga qaratilgan yurtimizning Global innovatsion indeks ko`rsatkichlarini yaxshilashga doir o`tkazilgan davra suhbati bo`lib o`tdi. Davra suhbatida respublikamizning vazirlik va idoralar xodimlari, mamlakatimiz hamda xorijiy mustaqil ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Global innovatsion indeks (The Global Innovation Index) – bu yirik tadqiqot natijasi bo`lib, unda mamlakatlarning innovatsion rivojlanishi darajasi ko`rsatkichlarga asoslangan holda baholanadi. INSEAD xalqaro biznes-maktabi metodikasi bo`yicha 82 ta turli xil ko`rsatkichlarni o`z ichiga oladi.

Global innovatsion indeks asoschilari ilk bora O`zbekiston innovatsion davlatlar ro`yxatiga kirishi uchun qanday choralar ko`rishi kerakligi haqida so`z yuritdilar. Global innovatsion indeksning hammuallifi Sasha Vunch Vinsent davra suhbati ishtirokchilari bilan on-layn muloqot qilarkan, yurtimizdagi islohotlar, bo`layotgan o`zgarishlar O`zbekistonning Global innovatsion indeksga kirishi uchun zamin yaratayotgani haqida so`zlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga, xususan Global indeksga kirish yo`lidagi harakat va intilishlarga ijobiy baho berdi. O`z navbatida, Sasha Vunch Vinsent O`zbekiston davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgani statistik ma’lumotlarning shakl jihatdan talabga javob bermasligi ham Global innovatsion indeksga kirishimizga to`sqinlik qilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, davra suhbatini yuqori darajada tashkil etilishida yetakchi ilmiy-tahliliy kompaniyalaridan bo`lmish Elsvier kompaniyasi o`zining yaqindan ko`magini ko`rsatib, mamlakatimizning Innovatsion rivojlantirish strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarga erishishi uchun taklif va tavsiyalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirok etgan iqtisodchi-olim Raufxon Salaxojayev (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining katta ilmiy xodimi va ERGO Research kompaniyasining tadqiqotlar bo`yicha direktori) “Global innovatsion indeks: imkoniyatlar, istiqbollar va makroiqtisodiy samara” mavzusidagi ma’ruzasi bilan chiqish qildi. Ma’ruzada olimimiz mamlakatning innovatsion faoliyati uning makroiqtisodiy ko`rsatkichlari bilan qanday bog`liqlikka ega ekanligi haqida so`z yuritdi. Xususan, GII mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kishi boshiga eksport darajasiga bog`liq ekanini ta’kidladi.

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg‘ona filialidan tashrif buyurgan jamoamiz ham Innoweek – 2019 Xalqaro innovatsion  g‘oyalar haftaligida faol ishtirok etib qaytdi. Filial jamoasidan  Inomjonov Nurmuhammad va Turg‘unov Boburbeklar o’zlarining ishlanmalari bilan haftalikda faol ishtirok etib, Sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ashuraliyev Boburjon, Qo’ldoshev Abbos  va Mannanov Muzaffarlar ham haftalikda faol ishtirok etdilar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Ular Innovatsion Rivojlanish Vazirligi vaziri bilan muloqot qildilar.Televideniyaga ham interviyu berdilar.

                         

Jamoamizdan Axmedov Isxoqjon esa forumlarda faol ishtirok etdi. Forumlarda bir necha dolzarb muammolar va innovatsion g‘oyalar muhokama etildi.

Shuningdek, ushbu talaba “Yosh innovatorlar” ko’rgazmasida ham qatnashidi va chet ellik hakamlarga o’z ishlanmasi tuzilishi va vazifasini tushuntirib berdi. Tanlov so’ngida Sertifikat va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

31-oktyabr 2019 –yil kuni Innoweek 2019 Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi yakuniy qismi bo’lib o’tdi va filialimiz jamoasi Sertifikat va esdalik sovg’asi bilan taqdirlandi.