Korrupsiyaga qarshi kurash barchamizning ishimiz

Filialda Fargʼona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurash barchamizning ishimiz” shiori ostida videokonferensiya o’tkazildi.

Davra suhbatini TАTU Fargʼona filiali direktori А.Rasulov ochib berdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan taklif etilgan soha vakillarini tanishtirib oʼtdi. Direktor oʼz soʼzida yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qoʼshish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi boʼlishidan qatʼiy nazar, eng asosiy vazifalaridan boʼlib qolmogʼi lozimligini taʼkidlab oʼtdilar. Taʼlim – muvaffaqiyatli davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi. Muvaffaqiyatli davlatni esa poydevorsiz qurib boʼlmaydi. Аmmo ushbu poydevorni mustahkamligini buzadigan illat bu korrupsiyadir. “Korrupsiya qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunida korrupsiya shunday taʼrif berilgan: «korrupsiya – shaxsning oʼz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʼzga shaxslarning manfaatlarini koʼzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish».
Hozirgi globallashuv zamoni, mintaqalar va davlatlararo integratsiya jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya barcha mamlakatlarda ham qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan yemirib, parokanda qilib tashlash xavfini solmoqda. Shu bois mamlakatimizda korrupsiya qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda.

Davra suhbatida Fargʼona shahar prokurori Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-sonli farmonda “Oʼzbekiston Respublikasida korrupsiya qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmon hamda “Oliy taʼlimda korruptsiyasiz soha” loyihasi tadbiq etilganligini taʼkidlab oʼtdilar.
Xususan, “korrupsiya qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek korrupsiya qarshi kurashish boʼyicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiya qarshi kurashish boʼyicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korruptsiya bilan bogʼliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi. Prezidentimiz tomonidan imzolagan “Oʼzbekistonda korrupsiya qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi Farmon bu boradagi izchil saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi boʼlib, bundan koʼzlangan asosiy maqsad yurtimizda korrupsiya qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu farmonning 8-bandida 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida «Korruptsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirishni tashkil etish vazifasi belgilandi.
Ushbu ustuvor vazifalar mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini butunlay korruptsiyadan holi soha sifatida shakllanishida va rivojlanishida muhim huquqiy asoslardan biri boʼlib xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, jamiyatda korrupsiya nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunda nihoyatda dolzarb masala boʼlib, bu borada nafaqat masʼul idoralar, balki keng jamoatchilik ham hamjihat va hamfikr boʼlmogʼi maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqib, qaerdadir taʼmagirlik, poraxoʼrlik holatlariga duch kelsak, har birimiz bu noxush hodisaga nisbatan befarq boʼlmasligimiz, loqaydlik qilmasligimiz, aksincha, korruptsiya illatini tag tomiri bilan quritishga qaratilgan saʼy-harakatlarni vijdonan bajarishga kirishmogʼimiz burch va masʼuliyatimizga aylanmogʼi darkor. Boshqacha ifodalaganda, adolatsizlikka nisbatan murosasiz boʼlishni oʼzimizdan boshlashimiz zarur. Zero, bu borada har bir fuqaroning huquqi qonuniy asosda qatʼiy kafolatlangan. Yaʼni, “korrupsiya qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlari toʼliq, xolisona va oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi, korrupsiya oid huquqbuzarliklar toʼgʼrisida axborot bergan shaxslar himoya qilinishi belgilab qoʼyilgan.
Oliy taʼlim muassasalarini tajribali, halol va pok vijdonli, masʼuliyatli professor-oʼqituvchi va xodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berilishi;
abiturientlarning oliy oʼquv yurtlariga qabul qilish jarayoniga, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʼtkazishga, talabalar bilimini baholashga hamda oʼqishini koʼchirish yoki qayta tiklashga, oʼqishlarini boshlashi uchun turli xil sunʼiy toʼsiqlarga, fuqarolardan har xil noqonuniy toʼlov undirilishiga yoʼl qoʼyilmasligiga koʼmaklashadigan “Jamoatchilik kengashi”ni tashkil etib, adolat va shaffoflikni taʼminlanishi;
talabalarning oʼqishni koʼchirish va qayta tiklash toʼgʼrisidagi murojaatlarini rad etish, ortiqcha hujjatlar talab qilish holatlarining oldi olinishini, shuningdek, fuqarolarning arizalarini oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarga yoʼl qoʼyilmasligini taʼminlab berilishi;
professor-oʼqituvchi va talaba oʼrtasidagi byurokratik toʼsiqlarga yoʼl qoʼymaslik choralarini koʼrib, ularning faoliyatini doimiy tahlil qilib borishni, baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirib, adolat ularning bilimini baholashda asosiy faktor boʼlishini belgilovchi choralarni koʼramiz;
kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va tatbiq etish, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, taʼlim muassasalarini maqsadli oʼrganish kabi masalalar bilan bogʼliq barcha ishlarda korruptsiyaning oldini olish va shaffoflikni taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratilishi;
tizimda korruptsiyaning oldini olish va barcha jarayonlarda shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan targʼibot-tashviqot, tushuntirish ishlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy tadbirlarni (oʼrganishlar, ijtimoiy soʼrovlar, tanlovlar va boshqalar) yuqori saviyaga koʼtaramiz.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan oʼqishga adolatli yoʼl bilan kirishga erishishning barcha tashkiliy-huquqiy jihatlari toʼla yaratib berildi. Faqat ularga qatʼiy amal qilish qoldi, xolos. Eng toʼgʼri yoʼl – bilim yoʼli, adolat yoʼlidir! Аdolat esa oʼzaro hamjihatlik va birlikdadir. Biz, oliy taʼlim tizimi rahbarlari, koʼp sonli rektorlar, professor-oʼqituvchilar va jamoatchilik vakillari bilan birgalikda korrupsiya qarshi kurashib, farzandlarimizning kelajagi va Vatanimiz taraqqiyoti yoʼlida sidqidildan xizmat qilishga vaʼda beramiz»deb taʼkidladilar.

Davra suhbatida Fargʼona shahar prokurori Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-sonli farmonda “Oʼzbekiston Respublikasida korrupsiya qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmon hamda “Oliy taʼlimda korrupsiyasiz soha” loyihasi tadbiq etilganligini taʼkidlab oʼtdilar.
Xususan, “korrupsiya qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek korrupsiya qarshi kurashish boʼyicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiya qarshi kurashish boʼyicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bogʼliq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi. Prezidentimiz tomonidan imzolagan “Oʼzbekistonda korrupsiya qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi Farmon bu boradagi izchil saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi boʼlib, bundan koʼzlangan asosiy maqsad yurtimizda korrupsiya qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu farmonning 8-bandida 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida «korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirishni tashkil etish vazifasi belgilandi.
Ushbu ustuvor vazifalar mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini butunlay korrupsiyadan holi soha sifatida shakllanishida va rivojlanishida muhim huquqiy asoslardan biri boʼlib xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, jamiyatda korrupsiya nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunda nihoyatda dolzarb masala boʼlib, bu borada nafaqat masʼul idoralar, balki keng jamoatchilik ham hamjihat va hamfikr boʼlmogʼi maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqib, qaerdadir taʼmagirlik, poraxoʼrlik holatlariga duch kelsak, har birimiz bu noxush hodisaga nisbatan befarq boʼlmasligimiz, loqaydlik qilmasligimiz, aksincha, korrupsiya illatini tag tomiri bilan quritishga qaratilgan saʼy-harakatlarni vijdonan bajarishga kirishmogʼimiz burch va masʼuliyatimizga aylanmogʼi darkor. Boshqacha ifodalaganda, adolatsizlikka nisbatan murosasiz boʼlishni oʼzimizdan boshlashimiz zarur. Zero, bu borada har bir fuqaroning huquqi qonuniy asosda qatʼiy kafolatlangan. Yaʼni, “korrupsiya qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlari toʼliq, xolisona va oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi, korrupsiya oid huquqbuzarliklar toʼgʼrisida axborot bergan shaxslar himoya qilinishi belgilab qoʼyilgan.
Oliy taʼlim muassasalarini tajribali, halol va pok vijdonli, masʼuliyatli professor-oʼqituvchi va xodimlardan shakllantirib, ularning vazifalarini aniq belgilab berilishi;
abiturientlarning oliy oʼquv yurtlariga qabul qilish jarayoniga, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʼtkazishga, talabalar bilimini baholashga hamda oʼqishini koʼchirish yoki qayta tiklashga, oʼqishlarini boshlashi uchun turli xil sunʼiy toʼsiqlarga, fuqarolardan har xil noqonuniy toʼlov undirilishiga yoʼl qoʼyilmasligiga koʼmaklashadigan “Jamoatchilik kengashi”ni tashkil etib, adolat va shaffoflikni taʼminlanishi;
talabalarning oʼqishni koʼchirish va qayta tiklash toʼgʼrisidagi murojaatlarini rad etish, ortiqcha hujjatlar talab qilish holatlarining oldi olinishini, shuningdek, fuqarolarning arizalarini oʼz vaqtida koʼrib chiqilishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarga yoʼl qoʼyilmasligini taʼminlab berilishi;
professor-oʼqituvchi va talaba oʼrtasidagi byurokratik toʼsiqlarga yoʼl qoʼymaslik choralarini koʼrib, ularning faoliyatini doimiy tahlil qilib borishni, baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirib, adolat ularning bilimini baholashda asosiy faktor boʼlishini belgilovchi choralarni koʼramiz;
kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va tatbiq etish, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, taʼlim muassasalarini maqsadli oʼrganish kabi masalalar bilan bogʼliq barcha ishlarda korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratilishi;
tizimda korrupsiyaning oldini olish va barcha jarayonlarda shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan targʼibot-tashviqot, tushuntirish ishlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy tadbirlarni (oʼrganishlar, ijtimoiy soʼrovlar, tanlovlar va boshqalar) yuqori saviyaga koʼtaramiz.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan oʼqishga adolatli yoʼl bilan kirishga erishishning barcha tashkiliy-huquqiy jihatlari toʼla yaratib berildi. Faqat ularga qatʼiy amal qilish qoldi, xolos. Eng toʼgʼri yoʼl – bilim yoʼli, adolat yoʼlidir! Аdolat esa oʼzaro hamjihatlik va birlikdadir. Biz, oliy taʼlim tizimi rahbarlari, koʼp sonli rektorlar, professor-oʼqituvchilar va jamoatchilik vakillari bilan birgalikda korrupsiya qarshi kurashib, farzandlarimizning kelajagi va Vatanimiz taraqqiyoti yoʼlida sidqidildan xizmat qilishga vaʼda beramiz»deb taʼkidladilar.