Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug’i asosida filialda “Dinni inson hayotidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

OO‘MTV tomonidan 2020 yilning 17 fevralidagi 87-04-132, 133, 134-sonli xatlari orqali yuborilgan 2020 yilning fevral-dekabr oylari davomida manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-o‘quvchilari o‘rtasida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida targ‘ibot tadbirlari hamda uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, Farg‘ona shahar “Muhammadavliyo masjidi noibi” N.Nishonov va filial talabalari o‘rtasida 2020 yilning 17 fevral kuni “Dinni inson hayotidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv qiziqarli o‘tib, talabalarning oldida turgan e’tiqod masalalari bo‘yicha mavhum tasavvurlariga oydinlik kiritildi. Uchrashuvlar guruhlar kesimida bo‘lib o‘tdi. (Ilova 1)

Shuningdek, filial talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida yuqoridagi mavzu yuzasidan Farg‘ona shahar “Oq ariq” masjidi imomi F.Abdurahmonov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat boshqarmasi rahbar o‘rinbosari Sh.To‘ychiyevlar bilan hamkorlikda belgilangan reja-jadval asosida 2020 yilning 24 fevral kuni davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda talabalarning 120 nafari ishtirork etdi. (Ilova 2)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yilning fevral-dekabr oylari davomida manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talaba-o‘quvchilari o‘rtasida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga taxdid” mavzusida targ‘ibot tadbirlari hamda uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.