Filial jamoasi “ROBOT-UZ 2019” respublika tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 yanvardagi №87-03-320-sonli xati ijrosi yuzasidan 2019 yil 8 fevral kuni  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida robototexnika sohasida iqtidorli talabalar va yosh pedagoglar hamda korxonalarning yosh mutaxassislari uchun bo‘lib o‘tgan “ROBOT-UZ 2019” respublika tanlovida filial Kompyuter injiniring fakulteti 3-bosqich 613-16-guruh talabasi, Axborot texnologiyalari kafedrasi qoshidagi “Smart Tech” nomli to‘garak a’zosi I.Ahmedov va rahbari Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti M.Mannonovlar muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

        Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etildi:

  1. O‘z qo‘llari bilan loyihalangan robotlar musobaqasi
  2. LEGO konstruktorlarida yaratilgan robotlar poygasi
  3. Labirintdan o‘tish
  4. Kim chaqqon (Radio boshqaruvga ega robotlar uchun)
  5. Intellekt darajasini namoyish qilish

Ushbu musobaqada M.Mannonov va I.Ahmedovlar o‘zlari ixtiro qilgan “Robot Kar” nomli avtonommashina bilan “Mobil Robotlar poygasi” yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdilar. Mazkur tanlovda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,  INXA, Turin politexnika universiteti kabi nufuzli universitetlar ham o‘z ishlanmalari bilan qatnashdi. Bizning avtonom(o‘ziyurar) mashinamiz respublika bo‘yicha 4-o‘rin sohibi bo‘ldi. Musobaqa so‘ngida M.Mannonov va I.Ahmedovlar homiylar hamda tashkilotchilar tomonidan Tashakkurnoma, Sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Leave a Reply