Filial jamoasi “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovi ikkinchi (saralash) bosqichida ishtiro etdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Tashkiliy ishchi guruh raisi O.Abdurahmonov boshchiligida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan 2019 yilining 14 fevral kuni o‘tkazilgan Tashkiliy ishchi guruh yig‘ilishi Bayoniga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi, viloyat Madaniyat boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Yoshlar – kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallari” tadbirlari doirasida mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tamonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida 2019 yilning 11 aprel kuni Farg‘ona davlat universiteti mezbonligida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining ikkinchi (saralash) bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etdilar. Tanlov Nizom asosida o‘tkazildi va unda filialning “Barkamol avlod” jamoasi 4 o‘rinni egalladilar.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                              A.Rayimov