Filialida “Navoiyxonlik va Boburxonlik badiiy kechasi” bo’lib o’tdi.

2019 yilning 8 fevral kuni filialning katta majlislar zalida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan filialning ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda filialning “Tillar” kafedrasi tilshunos dotsenti M.Mirzayev A.Navoiyning ijod yo‘llari mashaqqatlari va biz yoshlarga me’ros qoldirgan hazinalaridan bo‘lgan satrlari bilan tadbir ishtirokchilarini bahramand etdi. Shoirlikka iqtidori bor talabalarning ijod mahsullaridan na’munalar eshitildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 fevraldagi 87-04-215-sonli xatiga asosan filialning “Tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari filial iqtidorli talabalari bilan birga Farg‘ona davlat universitetida soat 15-00da Vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan videomuloqot shaklida tashkil etilgan Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi ma’naviy-ma’rifiy tadbirida ishtirok etdilar.

2019 yilning 13 fevral kuni soat 11-30da filialning katta majlislar zalida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga bag‘ishlab “Navoiyxonlik va Boburxonlik badiiy kechasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Gulchexra Asronova, filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov, filial ARM xodimlari, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Sh.Holmatov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va 180 nafar talaba-yoshlar (610, 611, 612-17, 612-16 guruh talabalari) ishtirok etdilar.

Leave a Reply