Boʻlim boshligʻi

Abdulxamidov Abdubaki Alimardanovich

Qabul vaqti: Seshanba – Payshanba (10:00-15:00 gacha)

Tel: +998(33) 137-00-95

E-mail: abdubakiabdulxamidov@gmail.com


Boʻlimning faoliyati toʻgʻrisida

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – Bo‘lim deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 390-sonli buyrug‘iga muvofiq Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi o‘rinlarda – Filial deb ataladi) ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Filialning normativ hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini Filial direktori (keyingi o‘rinlarda – Direktor deb ataladi) rahbarligida amalga oshiradi.

Bo‘limning vazifalari va funksiyalari

Filialda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mitc.ijro.uz, cabinet.mitc.uz, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining mitc.ijro.uz, cabinetpm2.gov.uz, Filialning tuit.uz tizimlari orqali kelib tushayotgan buyruq va topshiriqlar, murojaatlar shuningdek yozma, og‘zaki tarzda kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan belgilangan tartib asosida ishlashni tashkil qilish;

Filialga kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning  murojaatlarini qayd etib borish, ularning belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash, nazoratga olish;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tasdiqlangan tahliliy jadvallar bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda tayyorlab, yuqori turuvchi tashkilotlarga tegishli muddatlarda taqdim etib borish;

Filialning bo‘limlari va markazlari, fakultet va kafedralari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yo‘llanayotgan javob xatlarini o‘z vaqtida va sifatini ta’minlash yuzasidan monitoring qilish, kelib tushayotgan murojaatlar bazasini tashkil etish va yuritish;

Filialda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini muvofiqlashtirish va har bir murojaatga javoblarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda yuqori turuvchi tashkilotga kiritilishini talab qilish;

Murojaatlarni filialning bo‘limlari bilan o‘rganib chiqqan va tahlil qilgan holda yo‘nalishi bo‘yicha filial tasarrufidagi texnikum, akademik litsey va professional ta’lim muassasalariga tegishli elektron tizimlar orqali yuborish;

Filialda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Filialda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosini ta’minlanishini bo‘yicha nazorat olib borish.

Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi ichki nazoratini va moddiy texnika bazasini monitoringini olib borish;

Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reytingi usullarining tadqiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;

Tarkibiy bo‘linmalarning ijro va mehnat intizomi tasdiqlangan reja asosida tekshirish (kafedralar, bo‘limlar va boshqalar) va talabalardan so‘rov anketalarini o‘tkazishda ishtirok etish;

Mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish bo‘yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.

Filialning bo‘limlari, markazlari, fakultet va kafedralari uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ijro intizomi hujjatlari bo‘yicha belgilangan tartibda nazorat kartochkalarini ochish;

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda ularga yo‘llanayotgan javob xatlari bo‘yicha taalluqli ma’lumotlar bazasini tashkil etish, yuritib borish;

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari va ijro intizomi masalalari bo‘yicha filialda seminarlar va o‘quv-treninglarini tashkil qilib borish;

Filialda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mitc.ijro.uz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining mf.ijro.uz ijro intizomi yagona elektron tizimi hamda Universitetning tuit.uz elektron pochta tizimi orqali kelib tushayotgan yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruq va topshiriq xatlari, shuningdek boshqa tashkilotlardan kelib tushayotgan murojaat xatlari ijrosi bo‘yicha nazorat olib borish.

 Filialga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mitc.ijro.uz elektron tizimi orqali, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mf.ijro.uz tizimi orqali kelib tushgan va ijroga yo‘llangan buyruq, farmoyishlariga tegishli ichki buyruqlarni kiritilishi yuzasidan nazorat olib borish;

Filialga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining mitc.ijro.uz elektron tizimi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mf.ijro.uz tizimi orqali kelib tushgan va ijroga yo‘llangan buyruq va farmoyishlar yuzasidan universitetda kiritilgan ichki buyruq bandlari bo‘yicha topshiriqlarni ijrochilarga yetkazish va muddatida bajarilishi yuzasidan nazorat olib borish;

Filialga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining cabinetpm2.gov.uz portali, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining cabinet.mitc.uz (Vazirlik virtual qabulxonasi), tuit.uz (Filial elektron pochtasi) orqali kelib tushgan murojaatlarning mas’ul ijrochilarga yetkazilishini va ijrosi ta’minlanishini nazorat qilish;

Yuqori turuvchi tashkilotlarga mitc.ijro.uz , mf.ijro.uz, cabinetpm2.gov.uz, cabinet.mitc.uz, tuit.uz tizimlari orqali kelib tushgan buyruq va farmoyishlar, topshiriq xatlar, murojaatlar ijrosi bo‘yicha davriy hisobotlarni tayyorlash va yuborish.

Murojaatlar hamda buyruq va topshiriqlar ijrosi nazoratini olib borishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul rahbarlarga qat’iy intizomiy jazo choralari ko‘rish haqida Universitet rahbariyatiga taklif kiritib borish;

Qonunga xilof ravishda yechimini topmagan ijro hujjatlari yoxud ko‘rib chiqish muddati buzilgan murojaatlar bo‘yicha Universitet rahbariyatiga ma’lumot kiritib borish;

Murojaatlarda jinoyatlar alomatlari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar bayon etilayotganligi aniqlansa, uni Yuriskonsult va Korrupsiyaga qarshi kurashish, “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bilan kelishgan holda, Filial rahbariyati imzosi bilan, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;

Zaruratga ko‘ra murojaatlarga Filialning tegishli bo‘limlari va markazlari, fakultet va kafedralari, tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan berilayotgan javob xatlari bilan tanishib, ularni o‘rganib chiqish, murojaatchi bilan telefon orqali bog‘lanib, murojaatning qanoatlantirilganligiga aniqlik kiritish;

Murojaatni ko‘rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa bo‘linmalarga o‘tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan bo‘limlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborilishining oldini olish;

Filialga kelib tushgan anonim murojaatlar, vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar hamda Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda, to‘xtatilganda tegishli xulosa va hujjatlarni rasmiylashtirish;

Bo‘lim vakolat doirasida (minnatdorchilik, murojaatni ko‘rib chiqilishini tugatilishi bo‘yicha, ko‘rmasdan qoldirish) murojaatchilarga tegishli dalolatnoma va javob xatlarini tayyorlash va yo‘llash;

Filial direktori va zamdirektorlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari masalalari bo‘yicha murojaatchilarni universitetda qabul qilishlarini hamda joylarda o‘tkaziladigan sayyor yig‘ilishlarini tashkil etish va ularda bevosita ishtirok etish, lozim bo‘lganda vakolatga ko‘ra murojaatchilarni mas’ul xodimlarni jalb qilgan holda qabul qilish, yig‘ilish va qabullar bo‘yicha bayonnomalar tuzish, rasmiylashtirish, ularning nazoratini olib borish;

Filial bo‘limlari va markazlari, fakultet va kafedralari, tasarrufidagi ta’lim muassasalari tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida zaruriyatga ko‘ra moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishini nazorat qilish;

Bo‘lim faoliyati yuzasidan Direktorga hisobot tayyorlash.

Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari

 Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ijro intizomi faoliyati va ushbu yo‘nalish bo‘yicha masalalarni takomillashtirish yuzasidan Filial rahbariyatiga takliflar berish;

Filialga elektron portallar orqali kelib tushayotgan hujjatlar jamlanadigan bo‘linma (blok)lardan to‘laqonli foydalanish;

Filial bo‘limlari va markazlari, fakultet va kafedralari, tasarrufidagi ta’lim muassasalari rahbarlari, mas’ul shaxslardan bo‘lim funksiyalaridan kelib chiqqan holda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari masalalariga tegishli hujjatlar, ma’lumotlarni so‘rab olish, shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda kamchilik va mas’uliyatsizliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ulardan tushuntirish xatlarini talab qilish;

Zaruratga ko‘ra murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun bo‘linmalardan tegishli mas’ul va mutaxassislarni jalb qilish;

Xizmat zaruriyatidan kelib chiqqan holda Filial bo‘limlari, markazlari, fakultet va kafedralari shuningdek tasarrufidagi ta’lim muassasalariga tegishli masalani o‘rganish maqsadida joylarga rejadan tashqari tezkor va qisqa o‘rganish (operativ monitoring) o‘tkazib borilishini tashkil etish va mazkur bo‘linmalardan mas’ullarni jalb qilish;

Filial bo‘limlari va markazlari, fakultet va kafedralari, tasarrufidagi ta’lim muassasalaridan kelgan murojaat xatlari, buyruqlar bo‘yicha hisobotlar javoblarida rasmiyatchilik (otpiska) aniqlanadigan taqdirda, ularni qaytarib yuborish va bunda muddatlarni uzaytirmaslik.

 Bo‘limning majburiyatlari:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

Filialga kelib tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari, boshqa topshiriq va ko‘rsatmalarining hamda ushbu Nizomda belgilangan vazifa va funksiyalarning ijrosini ta’minlash;

Filialda belgilangan mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga hamda yong‘inga qarshi xavfsizlik choralariga rioya qilish;

Filialning konfidensial, maxfiy ma’lumotlari hamda maxfiy mohiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor etmaslikni ta’minlash.

Bo‘limning tashkiliy tuzilmasi

 Bo‘lim xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga ko‘ra Filial rahbari tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi.

 Bo‘limni direktor tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi.

 Bo‘lim xodimlari bo‘lim boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

 Bo‘limda: 1 nafar bosh mutaxassis faoliyat yuritadi. Bo‘lim bosh mutaxassisi Bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysungan holda taqsimlangan vazifalarini bajaradi.

Filialning Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash,nazorat va monitoring bo‘limining tarkibiy sxemasi