Bo‘lim boshlig‘i: Tolipov Baxtiyor Xamitovich

Qabul vaqti: Dushanba – Chorshanba – Juma ( 14:00-17:00 gacha)

Tel: +998(90) 533-35-44

E-mailbhtolipov@umail.uz

IQTIDORLI TALABALAR ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO’LIMI VAZIFALARI:

– iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;

– ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning intelektual salohiyatini

muntazam ravishda aniqlab borish;

– iqtidorli talabalarning moyilligiga qarab, ularni maqsadli

tayyorlashni uyushtirish;

– chet tili va kompyuterni mukammal egallash maqsadida

mashg’ulotlarni tashkil etish;

– fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy to’garaklarga va

mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;

– iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalarini chop etishga, hamda

ularning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy

etishda ko’maklashish;

– iqtidorli talabalarni respublika va halqaro miqyosda

o’tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda

xorijiy davlatlarga o’qishga va stajirovkaga yuborishni tashkil etish;

– iqtidorli talabalar safidan O’zbekiston Respublikasi davlat

stipendiyalariga nomzodlarni maxsus tayyorlash;

– iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish

korxonalarining rahbarlari va yirik mutaxassislari bilan

uchrashuvlarini tashkil etish;

– iqtidorli talabalar uchun ixtisoslik bo’yicha kasb o’yinlarini

tashkil etish;

– iqtidorli talabalar o’rtasida muntazam ravishda sotsiologik

tadqiqotlarni o’tkazib turish;

– marketing tadqiqotlari, buyurtmachilar talablarini chuqur

o’rganish va tashkil qilayotgan ta’lim xizmatlari banki asosida iqtidorli

talabalarga bozor kon’yukturasini belgilovchi fanlarni tanlashda yordam

ko’rsatish;

– zamonaviy axborot tizimidan foydalanishga shart-sharoitlar

yaratish.

Filial iqtidorli talabalarining 2018-2019 o’quv yilida

 davlat va nomli stipendiyalar hamda boshqa tanlovlarda erishgan  natijalari   

  1. Abdurasulova Dilnoza – Beruniy Davlat stipendiati, Kompyuter injiniring fakulteti 4-bosqich, 614-15-guruh talabasi.
  2. Xomidova Nasiba – Beruniy Davlat stipendiati, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 4-bosqich, 620-15-guruh talabasi.
  3. Turg’unov Boxodirjon- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi, Kompyuter injiniring fakulteti 3-bosqich 611-16- guruh talabasi.
  4. Mirxomitov Mirjalol- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya sohibi, Kompyuter injiniring fakulteti 3-bosqich 617-16 guruhi talabasi.
  5. Shokirov Sarvarbek – Markaziy Osiyo Oliy ta’lim muassasalari mintaqaviy olimpiadasida 3-o’rinni egallagan, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 3-bosqich 640-16-guruh talabasi.

Filial iqtidorli talabalarining Startap loyihalarida  ishtiroki  

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 sentyabrdagi № 87-04-1293-sonli xati ijrosi yuzasidan  oliy ta’lim muassasalari izlanuvchan va tashabbuskor yosh olimlari va iqtidorli talabalari uchun “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasida “Startap-tashabbuslari” dasturi bo’yicha Startupchamber.uz saytidan ro’yxatdan o’tish bo’yicha filial talabalari arizalar bilan faol ishtirok etdilar, arizalar berish muddati yakunida joriy yil 30 sentyabr holatiga 41 ta ariza bilan filial Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari  o’rtasida 2-o’rinda qayd etildi, Shundan 2-bosqich uchun 29 ta loyiha mutaxassislar tomonidan ma’qul topildi. Filialdan mazkur loyihaning  3-bosqichiga filialdan 11 ta  ishlanma qabul qilindi. Joriy yil  19 dekabrda bo’lib o’tgan mazkur loyihaning final bosqichida bitta loyiha g’olib deb topildi.

Filial talabalarining ilmiy-tadqiqot loyihalarda ishtiroki  

Innovatsion rivojlanish vazirligining Start-up loyihalar tanlovida ishtirok etish uchun filialdan ariza topShirgan professor-o’qituvchilardan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari F.Mulaydinov rahbarligidagi “Axborot texnologiyalari soxasi bo’yicha masofaviy ta’lim tizimi” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi S.Asrorov, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi, dotsent A.Qo’ldoShev  rahbarligidagi “Baliqlarni haShoratlar bilan oziqlantirish uchun avtomatlashgan fotoelektrik qurilma” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti 2-boqich magistranti A.Boyqo’ziev, 1-bosqich talabalari M.Tillaboev, S.Madaminovalar, Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri, professor A.Abdulllaev rahbarligidagi “Dasturlash fanidan innovatsion interaktiv o’quv kompleksini yaratish” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasiy ta’lim fakulteti 1-bosqich magistranti I.Muxtorov, Kompyuter injiniring fakulteti 2-bosqich talabasi D.G’aniev, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi katta o’qituvchisi U.Iskandarov rahbarligidagi “Kichik aqlli qo’riqlaSh tizimi” nomli loyihaga Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 2-bosqich talabalari R.Nabijonov va N.Musajonovlar jalb etildi.

Filial iqtidorli talabalarining dasturlash bo’yicha jahon chempionatida ishtiroki 

2018 yil 1-2 dekabr kunlari dasturlash bo’yicha jahon chempionatining Qozog’iston Britaniya Texnika universitetida filalimizning 2 ta jamoasi dasturiy injiniring kafedrasi katta o’qituvchisi Ahmadjon Hashimov rahbarligida ishtirok etdi.

Ismi, guruhi Jamoa nomi
1 Muxtorov Ilxomjon, M1-18 TUIT FB#1
2 Tojaliev Abduqunduz, 610-16
3 Shokirov Sarvar, 640-16
4 G’ofurov Shaxzod, 610-15 TUIT FB#2
5 Sattorov Nodirbek, 614-15
6 Sharafiddinov Bekzod, 651-18

Musobaqa natijalariga ko’ra jamoalarimiz o’rinlari:

Jamoa O’rni
1 O’zbekistondan ishtirok etgan universitetlar o’rtasida 3-o’rin
2 O’zbekistondan ishtirok etgan jamoalar o’rtasida TUIT FB #1 6-o’rin
TUIT FB #2 12-o’rin

Filial talabalarining to’garaklarga jalb etilishi

Filialda faoliyat olib borayotgan 8 ta kafedra qoShida ja’mi 28 to’garak (27 tasi fan, 1 tasi sport to’garagi) tashkil etilgan bo’lib, to’garaklarga 352 nafar talabalar jalb etilgan.

-2018 yil  22-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan xalqaro “INNOWEEK-2018” ko’rgazmasida 613-16 guruh 3-kurs talabasi Xojiev  Kamoliddin bilan yasagan robot mashinasi ushbu tanlovda muvaffaqiyatli qatnashdi. Ko’rgazmada filial jamoasi faol ishtirok etganligi uchun “INNOWEEK-2018”  sertifikati bilan taqdirlandi.

Filial iqtidorli talabalarining fan olimpiadalarida ishtiroki

  • Respublikamiz hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida tashkil etilgan “Informatika” fanidan mintaqaviy fan olimpiadasining joriy yil 29-31 oktyabr kunlari ToShkent davlat pedagogika universitetida bo’lib o’tgan yakuniy bosqichi natijalarga ko’ra Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti 640-16 guruh talabasi Shokirov Sarvarbek jami 154 ball to’plab, faxrli 3-o’rinni egalladi xamda faxriy kubok va diplom bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda filial iqtidorli talabalari faoliyat olib borayotgan axborot kanallari: 

  • SmartClub telegramdagi iqdorli talabalar guruhi ;
  • SmartNews AKT sohasiga oid yangilik va forumlar o’tkazish uchun mo’ljallangan telegram kanali.