TATUFF Kengash kotibi

Mirzaev Murodil Abdulla o’g’li

Telefon: 
E-mail:

 

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Farg’ona filiali Kengashi kotibining lavozim vazifalari:

  • Har oyda o’tkaziladigan Filial Kengashi majlisining ish rejasi bo’yicha tegishli sohalar masullariga qator loyixalarni tayorlash bo’yicha habar berish va uni nazorat qilib borish;
  • Filial Kengash a’zolarini yigilishlaridagi ishtirokini ta’minlash va ularga majlis kuni hamdavaqti haqida xabar barish;
  • Kengash qarorlari loyihasini mas’ullardan o’z vaqtida olish va ularni rasmiylashtirish;
  • Kengash qarorlari loyihasi rasmiylashib, tayyor bo’lgach, barcha kegash a’zolariga tarqatish;
  • Kengash qarorlari ijrosi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
  • Kengash qarorlari loyihasini masullar tomonidan bajarilmagan taqdirda yozma yoki og’zaki ravishda Kengash raisiga hisobot berish;
  • Kengash qarorlarini bayonnoma bilan rasmiylashtirish. Bayonnomalarni Kengashning raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzo qo’yilib tasdiqlanishini ta’minlash;
  • Kengash tasdig’idan o’tkan barcha Filial hujjatlarining bayonnomadan kuchirmasini tasdiqlab berish;
  • Kengash qaroriga muvofiq professor, docent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko’rib chiqish va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlash uchun taqdim etish hamda hujjatlarni OAKga jo’natish;
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2006 yil 10 fevral 20 – sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari pedogog hodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizom talablari haqida fakultetlar va kafedralar kesimida tushuntirish ishlarini o’tkazish hamda ushbu Nizomga qat’iy rioya qilgan holda universitetning kafedra mudiri, professori, dosenti, katta o’qituvchisi (assistenti) lavozimlariga tanlovlarini o’z vaqtida o’tkazilishini ta’minlash;
  • Ommaviy axborot vositalari orqali vakant lavozimlariga, shuningdek tanlov muddati tugayitgan lavozimlarga kamida ikki oy ilgari tanlov e’lon qilish;
  • Filial pedagog kadrlari lavozimiga tanlovda ishtirok etish uchun tushgan arizalarni qabul qilish;
  • Nomzodlarning “Oliy ta’lim muassaslariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 16 bandi asosida tegishli kafedralarda nomzodlar muhokamasini to’g’ri tashkil etish hamda har bir alternativ nomzod bo’yicha kafedraning tavsiya berishi ustidan nazorat olib borish;
  • Kadrlar va ish yuritish bo’limi bilan birgalikda vakant pedagog kadrlar lavozimlariga o’z vaqtida tanlov o’tkazilganligini hamda tanlov natijasida ular bilan tuzilgan shartnomalar monitoringini olib borish, ma’lumotlar bankini yaratish va yangilab borish;
  • Tanlov natijalari to’g’risida o’n kun muddatda unda qatnashgan shaxslarni yozma ravishta xabardor qilish;
  • Tanlovdan o’tgan har bir nomzod uchun majlis bayonidan ko’chirmalar tayorlab, buyruk tayyorlash uchun Kadrlar va ish yuritish bo’limiga topshirish;
  • Professor-o’qituvchilarning ilmiy ishlar ro’yhatini tasdiqlab berish;
  • Har o’quv yili oxirida Kengash bayonnomalarining yig’ma jildini arhivga topshirish;
  • Kengash rejasi Kengash tomonidan ko’rib chiqilgandan sung Filial direktori tomonidan tasdiqlash;
  • Kengash yig’ma jildlar nomenklaturasini doimiy tarzda yuritish va barcha hujjatlar monitoringini amalga oshirish;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stiendiyasi, Navoiy, Ulug’bek, Beruniy nomidagi Davlat stipendiyalari, atoqli olimlar nomidagi Davlat stipendiyalar hamda “Filial stipendiyasi”ga taqdim qilingan nomzodlar hujjatlarini Kengash majlisiga tayyorlash, Kengashda mazkur stipendiyalarga tavsiya etilgan talabalar uchun ko’chirmalar tayyorlab , rasmiylashtirib, tegishli bo’limlarga o’z vaqtida yetkazish;
  • Kengash faoliyati bo’yicha yillik xisobot tayyorlash va ish rejasini tuzish;
  • O’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Bilish kerak:

  • Filialda ilmiy ishlarni olib borish buyicha normativ hujjatlarni, oliy ta’limga oid qonunchilikni, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo’riq xatlarini, professor-o’qituvchilar  tarkibining tanlov orqali lavozimlarni eganlash tartibini, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish tartibini, Kengash faoliyatiga oid boshqa me’yoriy hujjatlarni, Filial ustavi, Ichki mehnat tartib-qoidalarini.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’limga oid qarorlarni, oliy o’quv yurtlari to’g’risidagi Nizomni, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va yo’riq xatlarini bilishi;
  • Filialga, Kengashga, ilmiy unvon berishga taa’luqli kursatmalarni hamda rahbariy va me’yoriy hujjatlarni bilishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
  • Professor-o’qituvchilar tarkibining tanlov orqali lavozimlarni egallash tartibini bilishi zarur.

Klassifikator buyicha:

Kasb Lavozim Kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar Kategoriyasi Xodimlarning ma’lumot talablari
2407 2 Kengash Kotibi 3439 B Oliy Ma’lumot

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Kengash a’zolari ro’yhati

F.I.Sh. Kengash a’zolari lavozimi
1. Rasulov Akbarali Mahamatovich Kengash raisi, filial direktori, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
2. Tojiboev Ibrohimjon Tojalievich Oquv va tarbiyaviy ishlari buyicha direktor o’rinbosari, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent.
3. Mulaydinov Farhod Murotovich Ilmiy ishlar va innovasiyalar buyicha direktor o’rinbosari, katta o’qituvchi.
4. Abdurahmonov Habibullo Issakovich Ishlar boshqarmasi boshlig’i.
5. Teshaboev Muhiddin Marifovich Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i, falsafa doktori
6. Djalilov Bahromjon Odiljonovich Telekommunikasiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti dekani, texnika fan nomzodi, dosent
7. Hamroqulov Zohidbek Abdusamadovich Kompyuter injiniring fakulteti dekani, texnika fan nomzodi, dosent
8. Umarov Shuhratjon A Oquv-uslubiy bolim boshlig’i, katta oqituvchi
9. Mamajonov Ilhomjon Farg’ona shahri Akademik litsey direktori
10. Zulunov Ravshanbek Mamatovich Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent
11. Abduqodirov Abduvohid Gapirovich Ahborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent
12. Qo’ldoshev Abbosjon Hakimovich Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dosent
13. Holmatov Shahobiddin Jumaboevich Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dosent
14. Abdurahmonov Sultonali Mukaramovich Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent
15. Sobirov Salimjon Sattievich Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlar nomzodi, dosent
16. Jalilov Mamatisa Latibjonovich Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dosent
17. Arabboev Hurshid Husniddinovich Tillar kafedrasi mudiri, katta oqituvchi
18. Murzaev Murodil Abdulla ug’li Kengah kotibi, filologiya fanlari nomzodi, dosent
19. Aripdjanova Hayotxon Nabievna АRМ direktori
20. Tadjibaeva Dilyafruz Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i
21. Yunusalieva Muhabbatxon Bosh hisobchi
22. Mamasadiqova Nodirahon Xotin-qizlar qo’mitasi raisi, katta o’qituvchi
23. Rustamov Ilhomidin Filial KU raisi
24. Ahundjanov Umidjon Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i
25. Adhamov Muhamadamin “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi