Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 yanvardagi 87-04-107-sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikami Vazirlar Mahkamasining 2018 yil sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi 736-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 799-son buyrug‘i bilan tasdiqdangan “Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi” ijrosi yuzasidan 2019 yilning 16 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida Farg‘ona davlat universitetining “Quvnoqlar”, Farg‘ona politenika institutining “Farpinator”, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining “Android”, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialining “Talantli talabalar akademiyasi”, “Yoshlar mediya group” hususiy korxonasining “O‘zgacha”, “Lavanda farm” hususiy korxonasining “Liderlar” jami 6 ta QVZ jamoalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Tanlov Nizom asosida olib borilib, filial jamoasi 4 o‘rinni egalladi.

Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                              A.Rayimov

O‘zbekiston Respublikami Vazirlar Mahdamasining 2018 yil sentyabrdagi “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi 736-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 799-son buyrug‘i bilan tasdiqdangan “Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi” ijrosi yuzasidan nazorat rejasi bandlari ijrosini, “2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan 2019 yilning 17 aprel kuni filialning 316 ma’ruza xonasida Kompyuter injiniringi fakultetining 610-17, 611-17 guruh talabalari va Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetining 650-17, 651-17 guruh talabalari hamkor davlat organlari hodimlari – Farg‘ona shaxar IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi, leytenant – N.Nazirjonov, hamda ASDP Farg‘ona shaxar kengashi vakili K.Isroilova ishtirokida “Yoshlar orasida huquqbuzarliklar, jinoyat, korrupsiya sodir etilishiga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi” mavzusida targ‘ibot davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov olib bordi. Tadbirda talaba-yoshlarning jami 75 nafari ishtirok etdilar. Targ‘ibot tadbirlari fakultetlar kesimida olib borilmoqda.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                               A.Rayimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Tashkiliy ishchi guruh raisi O.Abdurahmonov boshchiligida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan 2019 yilining 14 fevral kuni o‘tkazilgan Tashkiliy ishchi guruh yig‘ilishi Bayoniga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi, viloyat Madaniyat boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Yoshlar – kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallari” tadbirlari doirasida mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tamonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida 2019 yilning 11 aprel kuni Farg‘ona davlat universiteti mezbonligida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining ikkinchi (saralash) bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etdilar. Tanlov Nizom asosida o‘tkazildi va unda filialning “Barkamol avlod” jamoasi 4 o‘rinni egalladilar.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                              A.Rayimov

2019 yilning 10 aprel kuni filialning kichik majlislar zalida filial direktori A.Rasulov rahbarligida filialning “Tillar” kafedrasi doyenti M.Mirzayev va talaba-yoshlarning 50 nafari ishtirokida buyuk o‘zbek yozuvchisi – Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan adibning ijodiga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Badiiy kechani filial direktori ochib berdi va o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy shaxsining bugungi kun davlat siyosatidagi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi.

Mutaxassis sifatida adabiyotshunos M.Mirzayev Abdulla Qodiriyning adabiyot olamidagi o‘rni, adabiy me’rosi, adib asarlaridan sahnalashtirilgan kinofilmlar va ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati borasida keng tushunchalar berib o‘tdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan to‘liq javoblar berildi.

Tadbirdan olingan fotolavhalar ilova qilinadi.

 

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat                                                          A.Rayimov

2019 yilning 2, 3 aprel kunlari filial Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Holmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 83721-sonli Harbiy qismi ofitser va serjantlariga Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan “Amir Temurning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni” mavzusida ma’ruza qilib, ular bilan qizg‘in munozara va davra suhbatini amalga oshirdi.

2019 yilining 9 aprel kuni filialning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M.Teshaboyev tomonidan guruhlar kesimida Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ma’ruzalarini taqdimotlar orqali o‘tkazdi.

2019 yilining 9 aprel kuni filialning katta majlislar zalida filial professor-o‘qituvchilari o‘rtasida Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan filialning Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Holmatov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M.Teshaboyevlar ma’ruza qildilar. Filial ARM hodimlari tomonidan Amir Temurning hayot ijodidan habar beruvchi ko‘rgazmali burchak tashkil etdilar. Tadbir Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan suratga olindi.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                                        A.Rayimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 martdagi 87-01-193-sonli xati ilovasi asosida hamkor tashkilotlar bilan “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzularida davra suhbati 2019 yilning 27 mart kuni filial akademik litseyida bo‘lib o‘tdi.

Unda hamkor tashkilotlardan O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar diniy idorasi Farg‘ona viloyat vakilligiga qarashli Farg‘ona shaxar “Ahmadjon qori” jome’ masjidi imomi noibi Q.Rahmatov, filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov va filial akademik litseyi talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Shuningdek 2019 yilning 2 aprel kuni filialning katta majlislar zalida Farg‘ona shahar “Ahmadjon qori” jome’ masjidi imomi noibi Q.Rahmatov, “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Holmatov, filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov va 180 nafar (611-16, 613-17, 617-15,17, 630-17, 631-17, 640-16 guruh) talaba-yoshlar ishtirokida yuqoridagi mavzularda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda talaba-yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, jinoyatlar, ahloqiy buzuqliklarga qarshi kurashish mavzularida ham yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi.

Filialda o‘tkazilgan “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusidagi davra suhbati fotolavhalari

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                    A.Rayimov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 yanvardagi 87-02-112-sonli xati ijrosi yuzasidan “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 2019 yilning 11-15 yanvar kunlari sportning mini futbol, arqon tortish, tosh ko‘tarish va yugurish turlari bo‘yicha filial talaba-yoshlari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.

2019 yilning 11 yanvar kuni filialning 300 nafar talaba-yoshlari mas’ullari bilan birga Farg‘ona tumani Oqbilol QFYsida joylashgan Farg‘ona sharqiy harbiy okrug dala o‘quv maydonida tashkil etilgan harbiy ko‘rgazmalarda ishtirok etdilar.

2019 yilning 13 yanvar kuni filial QVZ jamoasi filialning yoshlar ittifoqi yetakchisi va Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb talimi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinboari J.Mo‘minov rahbarligida Farg‘ona shaxrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 99415-harbiy qismiga tashrif buyurib, ularni harbiy vatanparvarlik tuyg‘ulari va ishchanligini oshirishda o‘z ma’ruzalari va filial QVZ jamoasi o‘zlarining o‘z chiqishlari bilan ko‘maklashdilar. Harbiy qism kutubxonasiga filial jamoasi tomonidan 50 ta badiiy adabiyotlar sovg‘a sifatida taqdim etildi.

14 yanvar kuni “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan Farg‘ona viloyati tadbirida filial direktori, o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari faol ishtirok etdilar. Filialdan 500 nafar talaba-yoshlar bilan birga Farg‘ona shaxridagi “Motamsaro Ona haykali” poyiga gullar qo‘yildi.

14 yanvar soat 08-00da filial Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan filial professor-o‘qituvchilar va xodimlari, shuningdek talaba-yoshlarni “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan qutlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda filial xotin-qizlari jonli devor hosil qilib, binoga kirib kelgan har bir professor-o‘qituvchilar, xodimlar, shuningdek talaba-yoshlarni bayram bilan tabriklab guldastalar berdilar.

Yoshlar o‘rtasida vatanga sodiqlik, fidoyilik, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari faxriylari va xodimlari tomonidan “Vatan- muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida o‘quvchi va talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Farg‘ona shahar x/q-01041 leytenanti B.Axmedov, serjant E.Japatov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashuv

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 fevraldagi 87-04-215-sonli xati va Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan yuborilgan 2 fevraldagi 25-01-50-sonli xati chora-tadbirlar rejasi va 8 fevraldagi 01-sonli faks habarnomasi ijrosi yuzasidan 2019 yilning 8 fevral kuni filialning katta majlislar zalida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan filialning ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda filialning “Tillar” kafedrasi tilshunos dotsenti M.Mirzayev A.Navoiyning ijod yo‘llari mashaqqatlari va biz yoshlarga me’ros qoldirgan hazinalaridan bo‘lgan satrlari bilan tadbir ishtirokchilarini bahramand etdi. Shoirlikka iqtidori bor talabalarning ijod mahsullaridan na’munalar eshitildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 fevraldagi 87-04-215-sonli xatiga asosan filialning “Tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari filial iqtidorli talabalari bilan birga Farg‘ona davlat universitetida 2019 yilning 8 fevral kuni soat 15-00da Vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan videomuloqot shaklida tashkil etilgan Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi ma’naviy-ma’rifiy tadbirida ishtirok etdilar.

2019 yilning 6 mart kuni filialning katta majlislar zalida filial boshqaruv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishning ikkinchi qismida “8 mart Xalqaro xatin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan filial rahbari va birlashgan kasaba uyushmasi raisi barcha xotin-qizlarni tabrikladi va joriy o‘quv yilida faol bo‘lgan xotin-qizlarga faxriy yorliq hamda bayram sovg‘alari topshirildi.

7 mart kuni filialning katta majlislar zalida “8 mart Xalqaro xatin-qizlar kuni” bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bayram tuhfasi sifatida filialning iqtidorli talabalaridan iborat “Android” jamoasi qiziqarli chiqishlari bilan o‘z sahna ko‘rinishlarini yig‘ilganlarga namoyish etishdi. Tadbirda talabalarning 180 nafari ishtirok etishdi.

2019 yilning 12 mart kuni Xalqaro yoshlar festivali mehmonlarini kutib olish yuzasidan Farg‘ona viloyat Tadbirkorlar markazi zalida Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari yoshlari bilan amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda filialning 30 nafar talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Shu kuni soat 13-00da Farg‘ona davlat universitetida Xalqaro yoshlar festivali doirasida tashkil etilgan ijodkorlar ko‘rgazmasida filial iqtidorli talabalari o‘zlarining ijodiy ishlanmalari bilan ishtirok etdilar. Ko‘rgazma OAVlari tomonidan yoritildi.

Soat 15-00da Farg‘ona shaxar Tennis kortida tashkil etilgan Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari sportchi yoshlari o‘rtasida tenni musobaqasi tashkil etildi. Musobaqaga filialning 200 nafar talabalari tashrif buyurdilar.

Soat 17-00da Farg‘ona viloyati “Istiqlol” stadionida Xalqaro yoshlar festivali doirasida tashkil etilgan kotsert tomoshasiga filialning 500 nafar talaba-yoshlari tashrif buyurdilar.

Farg‘ona viloyat hokimligining 2019 yil 6 fevraldagi 32/01-49-sonli xati ijrosi yuzasidan 2019 yilning 12 mart kuni soat 13-00 da filialning 50 nafar talaba-yoshlari Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan xalqaro yoshlar festivali teatr tomoshasiga tashrif buyurdilar. Unda “Hazon bo‘lgan gul” nomli spektakl namoyish etildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 yanvardagi 87-03-132-sonli hamda vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan 2019 yilning 5 yanvarda o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni qaror qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasini o‘rganish” yuzasidan filial direktor rahbarligida 2019 yilning 8 yanvar kuni filialning 121 auditoriyasida Press-konferensiya o‘tkazildi. Unda barcha professor-o‘qituvchilar qatnashdi. Guruhlar kesimida “Axborot va murabbiylik soatlari”da filialning barcha talaba-yoshlariga guruh murabbiylari tomonidan tanishtiruv-targ‘ibot ishlari olib borildi.