Navbatdagi rossiyalik olimning tashrifi

Ushbu yilning 27 may – 3 iyun kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  Farg‘ona filialida Rossiya Federatsiyasi Kemerovo davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori Stepanov Yuriy Aleksandrovichni TATU Farg‘ona filiali “Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalariga “Mutaxassislikka kirish” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlar va filial yosh tadqiqotchi-o‘qituvchilar va magistrantlar uchun ilmiy izlanishlarni tashkil qilish bo‘yicha master klass darslarini o‘tkazdi. Ma’ruzalar va master-klasslar talabalarda va tadqiqotchilarda yuqori qiziqish uyg‘otdi va katta taasurot qoldirdi.

Filialda o‘tkazilgan ilmiy-texnik anjumanning yalpi yig‘ilishida  professor Stepanov “Dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishda ilovalarni testlash” mavzusida ma’ruza qildi.

Leave a Reply