Axborot ta'lim texnologiyalari

Axborot-ta`lim texnologiyalari

Axborot ta’lim - texnologiyalari kafedrasi mudiri.: Abduraxmonov Sultonali

Telefon:   (+99891) 285-07-36

Faks:    

E-mail: 

 

KAFEDRA  O’TMISHDA

“Kasbiy ta’lim” kafedrasi TATU Farg’ona filiali Ilmiy Kengashining 2008 yil 5 may №7 sonli qarori va filial direktorining 2008 yil 2 iyung’ №06-44/2 buyrug’iga asosan tashkil topgan.

Kafedrada asosiy shtatda 8 ta professor-o’qituvchi bo’lib, 2 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi va 5 ta assistentdan iborat bo’lgan. Bundan tashqari, 2 ta o’rindoshlik asosida, 1 ta dotsentlar faoliyat olib borgan. Kafedraning ilmiy salohiyati 33 foizni tashkil etgan.

Kafedrada pedagogika, pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat, Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, Informatika fanini o’qitish metodikasi, Masofaviy ta’lim texnologiyalari va vositalari, pedagogik dasturiy vositalar, Kasbiy psixologiya, Zamonaviy o’quv texnik vositalari, Konsalting asoslari, Ta’lim texnologiyalari fanlari o’qitilgan. Dastlabki kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent B.A.Mirzakarimov 2008-2012, 2012-2015 yillari доцент Т.Умматкулов rahbarlik qilgan. 2015 yil sentyabr oyida Dotsent. S.Abduraxmonov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 

Kafedrada TATU, FarDU, FarPI, Toshkent tibbiyot instituti Farg’ona filiali, ADU, NamDU bilan hamkorlik o’rnatilgan.

Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar yo’lga qo’yilgan bo’lib, asosiy yo’nalish sifatida talim sohasiga ahborot texnologiyalarini qo’llashmavzusi olingan. Kafedra professor-o’qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, samarali o’qitish usullarini joriy etish mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar hamda kafedra a’zolari xalqaro respublika va filial miqyosida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda maqola va tezislari bilan qatnashib kelganlar.  Bundan tashqari kafedraning barcha professor-o’qituvchilari ornatilgan tartibda malaka oshirish kurslarida ta’lim olingan.

Kafedrada xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yo’lga qo’yilgan. Kafedra professor-o’qituvchilari kasb-hunar kollejlarida mutaxassislariga AKT sohasi bo’yicha bilimlar berishda faollik ko’rsatmoqdalar. Hozirda kafedra ishlab chiqarish korhonalari bilan xamkorlik ishlarini boshlamoqdalar. Masalan “KVARTS’ islab chiqarish korhonasi bilan tuzilgan shartnoma bunga misolbola oladi.

Kafedrada olib borilayotgan fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy majmuaning elektron varianti tayyorlandi, elektron variant filialning axborot-resurs markaziga hamda kafedraning barcha kompyuterlariga joylashtirilgan.                          

KAFEDRA BUGUNGI KUNDA

2013 yil sentyabr oyidan kafedra nomi TATU buyrug’iga asosan “Axborot-ta’lim texnologiyalari” deb nomlandi.     

Kafedrani 2015 yil avgust oyidandan ‘fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent  S.M. Abdurahmonov boshqarib kelmoqda. Kafedra bakalavriatning barcha ta’lim yo’nalishlarida, magistraturaning barcha mutaxassisliklarida nazariy-amaliy mashg’ulotlar olib boradi.

2015 yilda kafedra o’qituvchilari uchun alohida xona ajratildi va xomiylar mablag’i hisobidan ta’mirlandi. Xozirgi kunda asosiy shtatda kafedra a’zolari 8 nafar professor-o’qituvchi, 1 nafar kabinet mudiri va 2 nafar laborantdan iborat. Kafedra o’qituvchilaridan 2 nafari dotsent, 2 nafari katta-o’qituvchi, 4 nafari assistentlardan tashkil topgan.

Kafedrada o’tilayotgan fanlar bo’yicha barcha ma’lumotlar ZiyoNET tarmog’iga kiritish  va kiritilganlarni yangilash vazifasi kafedra o’qituvchilari oldiga vaazifa qilib qo’yilgan va rejasi tuzilgan. Filial axborot resurs markaziga kafedra tomonidan tayyorlangan ma’ruza matnlari va uslubiy ishlanmalar taqdim etilgan. Ular talabalar tomonidan foydalaniladi. O’quv zalida kompyuterlar bilan jixozlangan va ularda elektron darsliklar joylashtirilgan.

Kafedrada ilmiy-uslubiy seminarlar o’tkazish bo’yicha har o’quv yilida  reja asosida ish olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy-uslubiy seminarlarida uslubiy ko’rsatmalar, ilmiy maqolalar, yangi pedagogik texnologiyalarni o’rganish va ta’lim jarayonida qo’llash masalalari ko’rib chiqimoqda va bular o’z samarasini bermoqda.

Filial talabalaridan nomdor sti’endiantlarini tayyorlashda kafedra professor-o’qituvchilari faol qatnashib kelmoqdalar.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi mavjud bo’lib, ularga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir fan o’qituvchisiga iqtidorli talabalar biriktirilgan  bo’lib, ularga ilmiy maqolalar va uslubiy ko’rsatmalar yozishda amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

KAFEDRA ISTIQBOLI

2015-2016 o’quv yilida kafedrani 1 ta yo’nalishida, ya’ni Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limida 122 nafar talabalar xozirgi zamon fan asoslarida taxsil olmoqdalar. Kafedra TATU ni ko’rsatma-loyihasiga  asoslanib ilmiy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan o’qituvchilar kuchi bilan jihozlandi.

Kafedrada ilmiy-’edagogik kadrlar tayyorlash bo’yicha 2014-2020 yillarga mo’ljallangan istiqbolli reja qabul qilingan. Har bir professor-o’qituvchi o’z ilmiy rejalariga muvofiq izlanishlar olib bormoqda. 2014-2015 o’quv yilida filial ma’muriyatini ko’rsatmasi bilan kafedrani yetakchi professor-o’qituvchilari «Tag’limda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash» mavzusidagi o’quv kursi tashkil etildi, filialni barcha o’qituvchilariga shu kursda dotsent T.Ummatqulov tomonidan malakaviy ma’ruzalar olib boradi.

Kafedra professor-o’qituvchilari doktorlik dissertatsiyalari ustida faol ish olib bormoqdalar. 2015 yili kafedra dotsenti T.Ummatqulov, katta o’qituvchilar X.Rajabova,  J.Mo’minov assistentlar, D.Sotvoldiev, E.O’rinovlar doktorlik dissertatsiya ishilari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 2018 yilga X.Rajabova va J.Mo’minovlarning ochiq himoyasi rejalashtirilgan.

Kafedra rejasiga asosan kafedra ilmiy salohiyatini oshirish chora – tadbirlari ko’rilmoqda.

Kafedra a’zolari ilmiy sohada yangi axborot va pedagogik texnologiyalarga asoslanib ilmiy tadqiqotlarni olib borishni, kompyuter texnologiyalarini tadqiq qilishni, tajriba-sinov ishlarni o’tkazishni va ulardan olingan ma’lumotlarni  matematik hisoblash ishlarni, shuningdek,  ilmiy ishlar olib borish, pedagogik faoliyat  ko’rsatishga  layoqatni sinovdan o’tkazish va ilmiy izlanuvchi sifatida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishdan avvalgi imtihonlarni  tapshirish hamda zaruriy xujjatlarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradilar.

              Kafedra mas’ul yo’nalish va mutaxassisliklar:

Ta’lim yo’nalishlari:

  1. 5350400 – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati

Ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun:

  1. Ta’limda multimedia tizimlari
  2. Masofaviy ta’lim texnologiyalari
  3. Real vaqt tizimlari
  4. Pedagogik valeologiya
  5. Kasbiy psixologiya
  6. Kasbiy pedagogika
  7. Konsalting asoslari
  8. Ta’limda axborot texnologiyalari
  9. O’qitish natijalarini baxolashning zamonaviy vositalari
  10. Maxsus fanlarni o’kitish metodikasi
  11. Adobe Flash dasturi yoramida o’quv multimedia ilovalarini yaratish
  12. Masofaviy ta’lim texnologiyalari va vositalari
  13. Muxandislik psixologiyasi
  14. Kasbiy pedagogik faoliyatiga kirish
  15. Axborot tizimlarini unumdorligi
  16. Zamonaviy o’quv texnik vositalari va ulardan faydalanish metodikasi
  17. Elektron darslik yaratish texnologiyasi
  18. Ta’limda multimedia texnologiyalari
  19. Pedagogik dasturiy vositalar va veb dizayn
  20. Kasb ta’lim metodikasi
  21. Ta’lim texnologiyalari

 

Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati

Kafedra mudiri:

Dotsent Abduraxmonov Sultonali Mukaramovich

Tel.: +99891 285-07-36

E-mail:

Dotsent Umatqulov Turdali Mamatqulovich

Tel.: +99891 125 65-69

E-mail:

Dotsent

Andapulatov Muxammadjon

Tel.:

E-mail:

Katta o’qituvchi

Bilolov Inomjon O'ktamovich

Tel.: +99891 105-95-93

E-mail:

Katta o’qituvchi

Rajabova Xurshida Xusanboevna

Tel.: +99890 407 01 02

E-mail:

Katta o’qituvchi

Mo’minov Jasurbek Mamirjonovich

Tel.: +99890 633 26 26

E-mail:

Assistent

Sotvoldiev Dilshodbek Ma’rufjonovich

Tel.: +99895 402 88 23

E-mail:

Assistent

Urinov Elmurod Murodjonovich

Tel.:+99891 105-89-80

E-mail:

Assistent

Abdullajonova Nurzoda Nurmahammadovna

Tel.: +99890 580-34-43

E-mail:

Assistent

Xakimova Dilnoza Numonova

Tel.:+99897 557-88-28

E-mail:

Assistent

Rasulova Nasibaxon Yusufjonovna

Tel.:+99891 655-00-47

E-mail:

Kabinet mudiri

Jurayeva Fotimaxon Isroilovna

Tel.:+99890 530-96-88

E-mail:

 

Katta lobarant

Axmadyarova Diloromxon Turgunovna

Tel.:+99891 282-53-81

E-mail:

Lobarant

Rasulova Gulmira Abduqayum qizi

Tel.:

E-mail:

 

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari

 

Xo’jalik shartnomalari

 

Darslik va o’quv qo’llanmalar yaratish

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.