Filial talabalari Kasaba uyushmalari stipendiyasi sovrindori bo'ldilar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yoshlarga qaratayotgan e’tibori, yoshlarimizning har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalashda ko’rsatayotgan tashabbuslari samarasi o’laroq 2017 yil 26 iyul kuni Farg’ona viloyati  kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi majlislar zalida Oliy ta’lim muassasalari va o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Kengash raisi T. Sarimsaqov so’zga chiqib ishtirokchilarni davlatimiz mustaqilligining 26 yilligi bilan tabriklab, stipendiya g’oliblarini diplom va pul mukofoti bilan taqdirlab o’tdi. Jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Kompyuter injiniring fakulteti 4-bosqich talabasi Qodirov Umidjon va Ismoilova Ozodaxonlar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

 

Undefined
Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.