Bayramga munosib tuhfa

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligini munosib qarshi olish, sohada yuksak natija ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug‘i bilan sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib, mamlakatimizda AKT rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga "Mohir aloqachi", "Faxriy yorliq", "O‘z kasbining ustasi" kabi mukofotlar topshirildi.

Mukofotlanganlar orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning hududi filiallari professor-o‘qituvchilari va xodimlarining ham borligi quvonarli holdir.

Qo‘shaloq bayramlar arafasida TATU Farg‘ona filialining Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xabibulla Abduraxmonov "Faxriy yorliq" bilan, universitetning “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yelena Borisova va foydalanish-xo‘jalik xizmati bo‘limi farroshi Mavluda Hakimovalar “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan mukofotlandilar.

Undefined
Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.