Telekommunikatsiya injiniringi

Telekommunikatsiya injiniringi 

Kafedra mudiri

Jo’rayev Nurmаxamad Mamatovich

Tel: +998732268778

e-mail-juraev-n@umail.uz, juraev-n@mail.ru

 

Kafedra haqida: tarixi, faoliyat yo'nalishlari

       Telekommunikatsiya injiniringi  kafedrasi 2008 yil tashkil etilgan. 2008 -2009 yillar  fizika-matematika fanlari nomzodi  Z. Xaydarov, 2009-2010 yillar katta o’qituvchi U. Iskandarov, 2010-2013 yillarda  texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Qo`ldashev va 2013-2014 yillari kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi etib katta o’qituvchi A. Abdullayev mudirlik lavozimlarida faoliyat olib borganlar. 2014-yil sentyabr oyidan boshlab katta o`qituvchi U. U. Iskandarov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra o`z faoliyati jarayonida O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Fargona viloyati hududiy boshqarmasi, “Uztelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi Fargona filiali, Elektromagnit moslashuv markazi, Respublika radio uzatish tarqatmasi Andijon filiali Farg'ona uchastkasi,   TTT filiali TURM-2 bog`lanmasi kabi korxonalarni  yuqori malakali xodimlari bilan birgalikda hamkorlik yo'lga qo'yilib talabalarni bilim ko'nikmalarini amaliy yutuqlariga erishilmoqda.  Hozirgi kunda kafedra “Telekommunikatsiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari” (sohalar bo`yicha), “Informatika va axborot texnologiyalari” (kasb ta`limi) bakalavr yo`nalishlariga 20 dan ortiq fanlardan dars berilmoqda. Xususan, kafedra tomonidan o`tilayotgan “Telekommunikatsiya uzatish tizimlari”, “Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari”, “Ma`lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlari”, “Mobil aloqa tizimlari”, “Raqamli kommutatsiya tizimlzri”, “Aloqa liniyalari” va boshqa ko`plab fanlar shular jumlasidandir.

Kafedrada ta`lim va ishlab chiqarish uyg`unligiga erichlgan. Ishlab chiqarishda katta tajribaga ega o`qituvchlar va ilmga chanqoq, ilmiy izlanishlarga layoqati mavjud bo`lgan, yosh o`qituvchilarning birgalikdagi faoliyati ayniqsa katta naf keltirmoqda.

Kafedra “Telekommunikatsiya” yo`nalish bo`yicha bakalavrlar tayyorlab chiqarishga ma`sul hisoblanadi. Uchbu bakalavr darajasini olganlar iqtisodiyotning barcha sohalarida, ayniqsa telekommunikatsiya sohasida ishlab, vatanimiz rivojiga o`zlarining hissalarini qo`shmoqdalar.

Kafedraning moddiy-texnik  bazasi yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada “Elektr aloqa nazariyasi”, “Elektr zanjirlar nazariyasi”, “Elektronika” va “Sxemotexnika” fanlaridan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan keltirilgan zamonaviy stend va jihozlar, “Telekommunikatsiya uzatish tizimlari”, “Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari”, “Ma`lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlari”, “Mobil aloqa tizimlari”, “Raqamli kommutatsiya tizimlzri”, “Aloqa liniyalari” va  boshqa fanlardan amaliyot mashg`ulotlari va laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun soha korxonalaridan olib kelib o`rnatilgan qurilma va jihozlar mavjud.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash keng yo`lga qo`yilgan. Ushbu hamkorlikning samarasi sifatida kafedra o`qituvchlari rahbarligi ostida “Telekommunikatsiya” yo`nalishning ikki talabasi (Bobur Abduxalilov va Oybek Dehqonov) Beruniy stependiati, yana ikki talaba (Oybek Dehqonov va Alisher Madrahimov) O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo`mitasi (avvalgi O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi) stipendiati bo`lganliklarini ta`kidlab o`tish kerak. 

Kafedrada ilmiy ishlar va izlanishlar ham keng yo`lga qo`yilgan. Kafedra katta o`qituvchlari O. Rayimjonova TDTU professori Yu. Shipulin rahbarligida “Optik va issiqlik elementlari asosida gorizontal shamolning parametrlarini nazorat qilish uchun mo`jjallangan ko`p funktsiyali o`zgartirgich”, A.Abdullayev TATU professori R.Isayev boshchiligida “Optik tolali aloqa liniyalari diagnostikasini erta tadqiq qilish” mavzusida ilmiy ishlarini olib bormoqdalar. Kafedrada Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi bilan bu korhona ishchi-xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish bo`yicha tuzilgan 44 million so`mlik shartnoma (rahbar – kafedra a`zosi, “Fundamental fanlar” fakulteti dekani N.Jo`rayev) va O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasining “Optik aloqa liniyalarida kodli shovqinlashtirish usulini qo`llash orqali axborot xavfsizligini ta`minlash” (rahbar – dotsent O.Qo`ldoshev) mavzusidagi 120 million so`mlik ilmiy grantlari mavjud.

Telekommunikatsiya yo`nalishida yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash maqsadida o‘qituvchilarning ilmiy pedagogik, ilmiy uslubiy va muxandis-texnik bilimlari darajasi ma’lum reja asosida oshirib borilmoqda.

Bu maqsad bo‘yicha kafedraning o‘qituvchilari mutaxassislik kurslarida malakasini oshirishgan.

Kafedra professor - o‘qituvchilari respublika va xalqaro uslubiy seminarlar va anjumanlarning ishlarida faol qatnashib kelmoqda,  hamda o‘z ustlarida ishlab bilimini oshirib bormoqdalar.

Keyingi paytlarda kafedrada o‘qilayotgan fanlarni davlat tilidagi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash yaxshi yo‘lga qo‘yildi.  Jumladan bakalavriatura yo‘nalishlari uchun “Elektr aloqa nazariyasi” fanidan o‘quv qo‘llanma, qolgan fanlardan ma`ruzalar matnlari, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib nashrdan chiqarildi.

Kafedra oldidagi vazifalar

Telekommunikatsiya kafedrasining jamoasi oldida turgan asosiy vazifalardan biri zamonaviy aloqa soxasidagi, axborot texnologiyalari sohasidagi yetuk bakalavr tayyorlash, o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni oli borish vazifasi qo’yilgan. Hozirda kafedrada 2 nafar fan nomzodi, 1 ta dotsent vazifasini bajaruvchi, 4 nafar katta o’qituvchi, 7 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra mas’ul yo’nalish va mutaxassisliklar:

Ta’lim yo’nalishlari:

5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari

Kafedrada o’qitiladigan fanlar ro’yxati

Ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun:

  1. Aloqa qurilmalarining elekt ta’minoti
  2. Aloqa inshoatlarini qurilish asoslari
  3. Telekommunikatsiya tarmoqlari
  4. Telekommunikatsiya tizimlari va  tarmoqlari
  5. Telekommunikatsiya uzatish tizimlari
  6. Telekommunikatsiya tizim va  tarmoqlarini modellashtirish asoslari
  7. Raqamli kommutatsiya tizimlari
  8. Avtomatik kommutatsiya asoslari
  9. Optik aloqa asoslari
  10. Elektr aloqa nazariyasi
  11. Elektr zanjirlar nazariyasi
  12. Elektronika
  13. Sxemotexnika
  14. Mobil aloqa tizimlari
  15. Ma’lumotlar uzatish asoslari
  16. Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari
  17. Metrologiya. standartlashtirish va sertifikatlashtirish
  18. Elektromagnit maydonlar va to’lqinlar
  19. Raqamli texnika va mikroprotsessorlar
  20. Raqamli qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish
  21. Aloqa liniyalar

Kafedra professor-o’qituvchilari ro’yxati

Katta o’qituvchi
Iskandarov Usmonjon
Umarovich
tel.: +998903002886
E-mail: 

Katta o’qituvchi
Yegitaliyev Zoxidjon Muxamadaliyevich
tel: +998911508892
E-mail: 

Katta o'qituvch
Nuriddinova Roziyaxon
Abduxoliqovna
tel:+998934842464

assistent

Mamasodiqova Nodiraxon Yusufjonovna

tel:+998911054009

E-mail: 

Katta o'qituvch
Xalilov Muxammadmuso
Muxammadyunusovich
tel:+998954006070
E-mail: 

Katta o'qituvch

Turgunov Bekzod Abduvositovich

tel:+998905341228

E-mail: 

assistent

Tillaboyev Azamjon Anvarovich

tel:+998901361044

e-mail:  a_tillaboyev@umail.uz

assistent

Jo'raeva Gulnoza Fazliddinovna

tel:+998905355041

e-mail-g-jurayeva@mail.ru

 

 

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari

  1. “AWG qurilmalarida amplituda va faza hatoliklarini aniqlash va natijada xromatik dispеrsiyani kamaytirish usullarini ishlab chiqish” (Abdullayev A.).
  2. Anomal foto kuchlanish jarayonini tadqiq qilish (N.Jo’raеv)
  3. “Isslеdovaniе distantsionnogo lazеrnogo mikrofona dlya informatsionnoy razvеdki” (U. Iskandarov)
  4. “Quyosh va shamol enеrgiyasidan foydalangan holda altеrnativ enеrgiya manbalari yaratish muamolarini tadqiq qilish”(O. Rayimjonova)
  5.  “Usovеrshеnstvovaniе optichеskoy sеti Fеrganskoy dolino` s uchеtom nadеjnosti(Z. Еgitaliеv).

Xo’jalik shartnomalari

  • 2013 yildagi O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Maqkamasi huzuridagi Fan va tеxnologiyalarni  rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi loyihasi doirasida kafеdrada ITD-17 davlat tеxnika dasturi asosida 2012-2014 yillarga mo’ljallangan A5-039 shifrli «Kodli shovqinlantirish asosida himoyalangan optik tolali aloqa tizimini yaratish».
  • TATU Farg’ona filiali va Farg’ona nеftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ) o’rtasida FNQIZ ishchi zodimlarining kompyutеr savodxonligini oshirish.
  • Kafеdrada “O’zbеktеlеkom” AK Farg’ona filiali, “O’zbеktеlеkom” AK Andijon filiali, “O’zbеktеlеkom”AK Namangan filiali, «Uzbеktеlеkom» AK TTT filiali ShMATB -2 korxonalari bilan shartnomalari mavjud. Yo’nalishning bakalavriat bitiruvchilari bitiruv malakaviy ishlarining 60% dan ko’prog’iga ilmiy rahbar sifatida soha korxonalari malakali mutaxassislari jalb qilindi.

      Darslik va o’quv qo’llanmalar yaratish

  1. N.M.Juraev «Tеlеkommunikatsiya uzatish tizimlariga tеxnik xizmat ko’rsatish»
  2. Turgunov B.A «Tеlеkommunikatsiya tizim va tarmoqlarini modеllashtirish asoslari»  nomli o’quv qo’llanma.
  3. N.M.Juraev «Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish»
Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.