Bo’lim boshlig`i: Teshaboyev Muhiddinjon Marifovich
Telefon: (+998) 90 325-50-43
Elektron manzil: muhiddinjon_82@mail.ru
Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limining asosiy vazifalari.
Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi oliy ta`lim muassasasi talabalari bilimlarining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini o`rganib borishi, tahlil qilishi, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritishi, natijalar hamda ta`lim sifatiga ta`sir etgan omillar to`g`risidagi ma`lumotlarni oliy ta`lim muassasasi rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etib borishi bo`yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda o`tkaziladigan barcha tadbirlarni mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishini ta`minlash;
oliy ta`lim muassasasini attestasiya jarayonlariga tayyorgarlik ko`rishini ta`minlash kabi vazifalarni bajaradi.
Bo`limda bo`lim boshlig`i va bir nafar bosh mutaxassis faoliyat olib boradi.