INTERAKTIV XIZMATLAR

                        

Navoiyni yod olib...

2018 yil 8 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filialida bizning buyuk ajdodimiz Alisher Navoiyning 577 yilligiga bag'ishlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.Tadbirni filial direktori B.Mirzakarimov ochib berdi. Tadbir davomida Navoiyning hayoti va ijodi, nazm va nasr, donolik va uning ta'limotidagi  ahamiyati haqida aytib o`tildi. Shuningdek tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati bo`limi a'zosi D.Ergasheva va filial dotsenti M.Mirzayevlar tomonidan talabalarga Navoiy haqida ma`ruzalar o`qib eshitirildi.Tadbirda filial talabalari J.Hursanov, A.Alimjonova, G.Omonova, K.Malikova, I.Qosimov, F.Ilhomovlar ham o`zlarining ijodlari bilan faol ishtirok etdilar.

 

А.Алимжонова, Компьютер инжиниринг факультети.

 

O'zbekcha
Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.