INTERAKTIV XIZMATLAR

                        

Psixolog

Madmusaev Dilshod Yursunovich

Tug‘ilgan yili: 04.04.1986 

Tel: +99891 662 96 36

 

 

Muhammad al-Xorazmiy nomiagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali  psixologining lavozim  

YO‘RIQNOMASI

 

  1. Filial psixologi faoliyati ta’lim xizmatlari sohasiga mansub bo‘lib, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, barkamol shaxsni tarbiyalash hamda talabaning har tomonlama garmonik, to‘laqonli psixologik taraqqiyotini ta’minlovchi optimal shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi.

2.   Filial psixologi o‘zining talaba xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari, kasbiy bilimlar, talabalar va kattalar, tengdoshlari bilan o‘zaro munosabat xususiyatlari, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkillashuviga tayanib, shaxsga individual yondashuv imkoniyatlarini beradi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, me’yordan chetlashishlarning ehtimolli sabablarini, psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo‘llarini aniqlaydi.

3. Filial psixologi faoliyatining tadqiqot va ta’sir o‘tkazish ob’ekti universitet talabalari, o‘qituvchilari, ota-onalari bo‘lib, hisoblanadi. Ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.

4.  Filial psixologi o‘z faoliyatini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, fakultetlar, tibbiyot xodimlari, muayan komissiyalar, ota-onalar hamda filial jamoasi bilan uzviy aloqada amalga oshiradi.

5. Filial psixologi talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo‘naltiradi, ijtimoiy o‘sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik qonuniyatlar kamolatiga etaklovchi modelnitarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.

  1. Filial psixologining faoliyati yo‘nalishlari:
  • Psixoprofilaktik ishlar
  • Psixologik maorif va ma’rifat
  • Psixodiagnostika
  • Psixik rivojlantirish va psixokorreksiya
  • Psixologik konsultatsiya

     

Universitet psixologining maxsus individual ishi;

 

- ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va turmush qurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish;

- ma’muriyatga talabalarni va guruhlarni qiziqtiruvchi masalalar bo‘yicha maslahat berish: ularni faolllashtirish, ularga ta’sir o‘tkazish to‘g‘risida rahbar kadrlarga amaliy ko‘rsatmalar tayyorlash;

- ota-onalarga talabalarnig psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, o‘zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yosh, jins, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy maslahatlar berish;

- oliy ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari va bosqichlarida ma’ruza o‘qish, ota-onalar yig‘ilishida, oliy ta’lim muassasi Kengashida ishtirok etish orqali pedagoglar, ota-onalar psixologik madaniyatini oshirishga harakat qilish, ularga individual, guruhiy maslahatlar berish;

- universitetga talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy hususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish;

- rahbar kadrlar va professor-o‘qituvchilarning kasbga yaroqligini ilmiy asosda tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqadi;

- attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik axborotlar to‘plash va ularni umumlashtirib, yakkahol tavsiyalar ishlab chiqish;

- xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqa qilish, kadrlar malakasini oshirish, ularning intelektual potensialini (imkoniyatlarini) aniqlash fan va texnikani rivojlantirish imkoniyatini, oliy maktabning nufuzi to‘g‘risida materiallar yig‘ish, ularni psixologik tahlil qilish va maslahatlar berish;

- yotoqxonalarda talabalarning talabi, extiyoji, qiziqishi, ijtimoiy qarashlari, pozitsiyasi, mosligi va turmushga munosabati to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va ularni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

- a’nanaviy ta’lim-tarbiya metodlarining yutuq hamda kamchiliklarini tadqiqot qilish, ipnovatsion, faol uslublar samarodorligini sinab ko‘rish, talabalarning ularga nisbatan munosabatini aniqlash va ularga asosan o‘qitishni individuallashtirish, differensiyalash bo‘yicha o‘quv bo‘limiga ko‘rsatmalar tavsiya berish;

- iqtidorli talabalarni tanlashda ishtirok etish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib ularga stependiyalar belgilashda ishtirok etish;

- professor-o‘qituvchilar ijodiy faoliyati mahsuldorligi, to‘garaklar faolligini ko‘tarish tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyatlarini tekshirish, kasb mahoratini egallash bo‘yicha musobaqalar, baxslar tashkil qilish va ularning mahsuldorligi to‘g‘risida bashoratlar qilish;

 

 

7. Universitet psixologi faoliyatini amalga oshirish metodlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

- psixologik madaniyatni o‘stirish va targ‘ib qilish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trening mashg‘ulotlari o‘tkazish, ularni tarqatish;

- ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish;

- ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;

- psixodiagnostik tadqiqotlar o‘tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test, savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar);

- psixologik maslahat berish;

- psixologik konsiliumlar o‘tkazish.

 

8. Bu yo‘nalishdagi ishlar rejasi ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi.

 

9. Universitet psixologining vazifalari:

universitetdagi axloqiy-psixologik iqlimni, uning talaba shaxsiga ta’sirini o‘rganish;

talabalarning shaxsiy muammolarini aniqlash maqsadida ijtimoiy-psixologik diagnostika o‘tkazish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni aniqlash (barcha talabalar);

kattalar tomonidan tazyiq o‘tkazilayotgan talabalar muhofazasi va ular bilan individual ishlarni olib borish (talabalar bilan individual suhbat);

notinch oilalar farzandalarini erta aniqlash;

ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonga jalb etish;

mushkul vaziyatlarga tushib qolgan talabalarga individual maslahatlar berish;

ota-onalar, pedagoglar, ma’muriyat va guruh murabbiylariga maslahatlar berish;

talabalardagi xulqi og‘ishishlarni erta aniqlash va ularning oldini olish;

turli holatlar bo‘yicha hisobda turadigan talabalar bilan psixoprofilaktik va korreksion ishlarni olib borish;

professor-o‘qituvchilar, psixologik yordamga muhtoj talabalar va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni va o‘zaro tushunish darajasini oshirish;

o‘qituvchilar jamoasiga talabalar ta’lim-tarbiya individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyatini, maylini o‘sish darajasiga qarab, o‘qituvchilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko‘rsatmalar berish, psixologik xizmatning ushbu yo‘nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa-bu talabalar o‘sishida kechikish (orqada qolish), ularda xulqning buzilishi, ta’limda o‘zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o‘rganish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va qayta tayyorlash sohalaridagi qarorlarini amalga oshirish.

 

13. Universitet  psixologining huquqlari:

universitet  Kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etish;

talabalar faoliyatini kuzatish maqsadida darslar va darsdan tashqaridagi ishlarda ishtirok etish;

pedagogik hujjatlar bilan tanishish;

oliy ta’lim muassasasida guruhiy va individual psixologik tadqiqot ishlarini olib borish;

o‘z ish tajribasini umumlashtirish maqsadida ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda ishtirok etish, psixologik-pedagogik bilimlarni targ‘ib etish;

ma’lumoti va kvalifikatsiyasiga muvofiq o‘quv va fakultativ mashg‘ulotlar yuklamalarini olish;

zaruriyat tug‘ilganda tibbiy va defektologik muassasalarga murojaat etish;

o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalarni oliy ta’lim muassasi rahbariyatiga etkazish;

ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;

kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘z kasbiy malakasini oshirish;

mehnatni tashkil etishning qulay shart-sharoitlariga ega bo‘lish;

ta’lim muassasasi rahbariyatidan maslahatlar olish;

xavf-xatarga moyil talabalar bilan ishlashga yagona yondashuvlarga doir uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;

ta’lim-tarbiya jarayonida professor-o‘qituvchilar va talabalar xulqi, o‘quv faoliyati xususiyatlarini kuzatish maqsadida dars, ma’ruza, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda qatnashadi;

murabbiylar, ota-onalar va talabalarning yig‘ilishlarida ishtirok etadi;

ilmiy izlanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida universitet miqyosida guruhiy va individual psixologik tajribalar o‘tkazadi;

psixologik ixtisos, asosiy ma’lumotlardan tashqari o‘quv va fakultativ tarzda 0,5 pedagogik stavkada dars o‘tish imkoniyatiga ega;

kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado etish uchun yuqori tashkilotlardan, zarur shart-sharoitlar yaratishini talab qiladi;

ota-onalarga zaruriyat tug‘ilganda oilaviy turmush psixoloiyasiga oid konsultativ xizmat usullarini tavsiya qiladi;

amaliyotchi psixologning mehnat ta’tili muddati barcha oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari bilan barobardir.

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.