INTERAKTIV XIZMATLAR

                        

“Talabalar teatr studiyalari” festivalining ikkinchi bosqichi o’tkazildi

Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018 yil 8 fevraldagi 4-sonli bayoni va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 fevraldagi 160 – sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash hamda talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni teatr san‘atiga muhabbat ruhida tarbiyalash, jamiyatda uchraydigan ijtimoiy muammolar va salbiy holatlarni sahna ko‘rinishlari orqali keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida joriy yilning 4 aprel kuni Farg‘ona viloyat rus drama teatrida Farg’ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Festivalda Farg’ona davlat universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali, Farg’ona politehnika instituti, TTA Farg’ona filiali, Qo’qon davlat pedagogika instituti talabalarining teatr jamoalari ishtirok etdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialining “Istiqbol” talabalar teatr-studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan O’tkir Hoshimovning “Quyosh tarozisi” nomli asari tomoshabinlarga to‘ylarda uchrayotgan shuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarchilik illatlarini kamaytirish, shuningdek har bir inson tinchlik, omonlikning qadriga yetib, o‘z umrini yaxshi amallar bilan bezab yashashi zarurligi kabi ezgu g‘oyalarni uqtirishi bilan ahamiyatlidir. 

Sahna asari yosh avlodni ezgu amallarga sadoqat ruhida yashashga, boy merosimiz, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylashga, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishga da’vat etadi. Mazkur festival sohaga endi kirib yosh ijodkorlarga milliy teatr san’ati an’analarini asrab-avaylash, ularni yanada ravnaq toptirishga rag‘bat beradi. 

 

N.Ibragimov

O'zbekcha
Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.