Tillar

Kafedra mudiri:

Qurbonov Nodirjon Buriboyevich

Телефон: +99894 398-52-77
E-mail: nodirbek_tatu@umail.uz

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra tarixi, faoliyat yo'nalishlari

Tillar kafedrasi 2010-yil 13-dekabrda tillar va sport kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 2012-yil 6-iyuldan tillar kafedrasi nomi berildi. Kafedrada ingliz, nemis, o‘zbek va rus tillari hamda jismoniy tarbiya va sport fanlari o‘qitiladi. Dastlabki kafedra mudiri sifatida filolgiya fanlari nomzodi dotsent Y.Saidov 2010-2011-yillarda rahbarlik qilgan.  2011-2012-yillarda pedagogika fanlari nomzodi dotsent Y.Ismoilov rahbarlik qildi va 2012-yil 1-fevraldan katta o‘qituvchi N. B. Qurbonov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlarida, magistraturaning barcha mutaxassisliklarida amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Kafedra a’zolari 12 ta professor-o‘qituvchilardan iborat, shuningdek, 1 ta kabinet mudiri, 1 ta katta laborant va 1 ta laborantdan iborat. Professor-o‘qituvchilardan 1 nafari kafedra mudiri, 3 nafari dotsent, 2 nafari katta o‘qituvchi, 6 nafari assistent lavozimida ishlaydi.

      Kafedrada TATU, FarDU, FarPI, Toshkent tibbiyot instituti Farg‘ona filiali, ADU va NamDU tillar, jismoniy tarbiya va sport kafedralari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. 
Kafedrada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari yangi pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish, samarali o‘qitish uslublarini joriy etish mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar hamda kafedra a’zolari xalqaro, respublika va filial miqiyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z maqola va tezislari bilan qatnashib kelmoqda.  Bundan tashqari kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarini o‘tab kelgan. 
     Kafedrada ilmiy-uslubiy seminar har o‘quv yilida reja asosida ish olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy-uslubiy seminarlarida uslubiy ko‘rsatmalar, ilmiy maqolalar, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish va ta’lim jarayonida qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan va bu o‘z samarasini bermoqda.   
     Filial talabalarining nomzodlik stipendiyatlarini tayyorlashda kafedra o‘qituvchilari faol qatnashib kelmoqdalar, shu bilan birga, har yili kafedra o‘qituvchilari magistrlik dissertatsiyalari va bakalavr ta’limi bitiruv ishlarini ingliz tilida himoya qilishda maslahatchi va tarjimon sifatida ishtirok etadi.
      Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir fan o‘qituvchisi tomonidan iqtidorli talabalar jalb qilingan bo‘lib, ularga til bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Bundan tshqari kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan va haftada bir marta har bir fandan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ushbu to‘garaklarga talabalarning qiziqishlari katta
 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 
•    ingliz tili
•    rus tili
•    o‘zbek tili
•    jismoniy madaniyat va sport
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 
•    amaliy xorijiy til 

  

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

Qurbonov Nodirjon Buriboyevich
Lavozimi: kafedra mudiri
Telefon: +99894 398-52-77
e-mail: nodirbek_tatu@umail.uz
 
Saidov Yuldash, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: dotsent
 
Mamajonova Mahbuba, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Lavozomi: dotsent
 
Mirzayev Murodil Abdulla ugli, filologiya fanlari nomzodi
Lavozimi: dotsent
 
Tashlanova Nigora Djurayevna
Lavozimi: katta o‘qituvchi
Tel: +9989
 
Arabboyev Xurshidbek Xusniddinovich
Lavozimi: katta o‘qituvchi
Tel: +9989
 
Mamaroziqov Foziljon Davronboyevich
Lavozimi: assistent
Tel: +9989
 
   
Shukurjonova Gulzoda Shukurjon qizi
Lavozimi: assistent
Tel: +99898905375804
 
Muminova Muattarxon Alisherovna
Lavozimi: assistent
Tel: +9989
 
Obidova Gulmira Kuzibayevna
Lavozimi: assistent
Tel: +9989
 
Tadjibayeva Adila Ergashevna
Lavozimi: assistent
Tel: +9989
 

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari quyidagicha:
a) til o‘rganish va til o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari rivojlanish tendensiyalari;
b) barkamol avlod tarbiyasi: yondashuvlar, muammolar yechimlari va asosiy omillar;
c) yoshlar siyosiy madaniyati, uning shakllanish tendensiyalari;
d) bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi.
1. Ish nomi: Chet el adabiyotida absurd.
Bajaruvchi: Qurbonov Nodirjon Buriboyevich
Muddati: 2019-yil sentabr
2. Ish nomi: Yoshlarni ekologik madaniyatga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik asoslari.
Bajaruvchi: Obidova Gulmira Quziboyevna
Muddati: 2017-yil oktabr
3. Ish nomi: Ingliz tilida betaraflik modalligi.
Bajaruvchi: Shukurjonova Gulzoda Shukurjon qizi
Muddati: 2019-yil oktabr
4. Ish nomi: Gimnastika mashg‘ulotlarida yoshlarning axloqiy-irodaviy xususiyatlarini shakllantirish.
Bajaruvchi: Arabboyev Xurshidbek Xusniddinovich
Muddati: 2018-yil sentabr

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

2014-yildan buyon kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir necha o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar chop etildi.
•    Qurbonov N. B. – “Computer English”, talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2015-yil.
•    Saidov Y. – “English grammar in exercises”, talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2015-yil.
•    Tashlanova N. D. – «Учебное пособие по выполнению индивидуальных работ », talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2015-yil.
•    Tashlanova N. D. – «Деловой мир», talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2015-yil.
•    Arabboyev X. X. – “Volleybol o‘yini”, talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2015-yil.
•    Obidova G. K. – “Cities and Countries”, talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2015-yil.
•    Obidova G. K. va Muminova M. A. – 1-2-kurs talabalari uchun ingliz tili fanidan uslubiy ko‘rsatma.
•    Mamaroziqov F. D. – “Basketbol o‘yini”, talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2014-yil.
•    Arabboyev X. X. – “O‘zbek milliy kurashi”, talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2014-yil.
•    Qurbonov N. B., Saidov Y. – “Ingliz tilida dars o‘ting”, professor-o‘qituvchilar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2014-yil.
•    Shukurjonova G. Sh. – 1-bosqich talabalari uchun elektron uslubiy ko‘rsatma, 2014-yil.
•    Raxmonberdiyev A. – “Ingliz tilida zamonlar va ularning ishlatilishi”, talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2013-yil.
•    Qurbonov N. B. – “English reader”, talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2014-yil.
•    Qurbonov N. B., Saidov Y. – “Independent Uzbekistan”, uslubiy ko‘rsatma, 2014-yil.
•    Saidov Y. – “Let’s learn English”, talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma, 2014-yil.
•    Tashlanova N. D. – Методическое указание для самостоятельных работ для студентов 1-курса. 2014-yil. 

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.