O'quv bo'limi

O'QUV USLUBIY BO`LIM

 

 

Bo’lim boshlig’i: Umarov Shuhratjon Azizjonovich

Telefon:  (8 373) 226-82-36

Elektron manzil:  sht003@umail.uz

      

       TATU Farg’ona filialida 2005 yil 14 iyunda O’quv-uslubiy bo’lim tashkil etilgan. Hozirgi kunda O’quv-uslubiy bo’limda 5 ta shtat birligi asosida 4 nafar  hodim faoliyat ko’rsatmoqda. Filialda ta’lim jarayoni yo’nalishlari va mutaxassisliklari Davlat ta’lim standartlari asosida shakillantirilgan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan namunaviy o’quv rejalar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan. O’quv jarayoni namunaviy o’quv reja asosida ishlab chiqilgan ishchi o’quv rejalarga mos holda tuzilgan dars jadvallari asosida olib boriladi.

      O’quv-uslubiy bo’lim tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablaridan kelib chiqib, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining ta’lim jarayoniga tegishli buyruq va farmoyishlarida qayd qilingan ta’lim sifatini oshirish va ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan barcha tadbirlar talab darajasida amalga oshirilmoqda.

      O’quv-uslubiy bo’lim tomonidan yillik o’quv rejalar shakllantirilayotgan paytda amaliyotlar davomiyligi va amaliyot turlari, shuningdek, amaliyot o’tkazish bazalari  aniq belgilab olinadi va o’tkazilish jarayoni bo’lim tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. Filialda o’quv jarayoni filial o’quv jarayoni grafigida ko’rsatilgan muddatlarda o’tkaziladi.

 

O’quv-uslubiy bo’limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

•           Filial ta’lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o’quv hujjatlari bilan ta’minlash;

•           Filialda o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

•           Filial fakultetlari va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;

•           O’quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

•           Filial ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va filial Ilmiy Kengashiga tavsiya qilish;

•           Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv ishlarda erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish va filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;

•           Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;

•           Professor-o’qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;

•           Talabalar davomatini tahlil etish;

•           Filial professor-o’qituvchilari va talabalarining o’quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;

•           Filialdagi fakultetlarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarni tashkil etish va  tahlil qilish;

•           Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;

•           Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

•           O’rindosh va soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

•           Filial fakultet va kafedralarini o’quv masalalari bo’yicha faoliyatini o’rganish;

•           Professor - o’qituvchilar tanlovini tashkil etish;

•           O’quv jarayoniga TATU bilan kelishilgan holda rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;

 

O’quv-uslubiy bo’lim tarkibi

F.I.SH.

Lavozimi

1.

Umarov Shuhratjon Azizjonovich

O’quv-uslubiy bo’lim

boshlig’i

2.

Toshtemirov Gulshanbek Shavkatjonovich

Uslubchi

3.

Elchiboeva Shaxnoza Xakimjonovna

Dispetcher

4.

Yuldasheva G'oyoxon Ravshanovna

Statist

5. Toirova Diyora Abdumajid qizi Ish yurituvchi
 
Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.