Bo’lim uslubchisi: Tillavoldiyev Azizbek Otabek o`g`li
Telefon: (+998) 90 232-95-85
Elektron manzil: zikofizmat@inbox.uz
Ichki nazorat va monitoring bo’limining asosiy vazifalari.
- TATU Farg’ona filialida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Xay’at qarori, buyruqlari va boshqa xujjatlari, shuningdek filial ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilishi monitoringini olib borish;
- filial professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi xodimlar tarkibi ichki inspektsiyasini tashkil qilish va o’tkazish;
- kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy xujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
- filialda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo’yicha fakulьtetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
- filialning boshqarish organlariga ta’lim jarayonini islox qilish va takomillashtirish bo’yicha taxliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
- filial bo’yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;
- filialda o’quv jarayonini taxlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
- professor-o’qituvchilar faoliyatini baxolashning reyting usullarining etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;
- kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish va xal qilish bo’yicha aniq faktlarni filial rahbariyatiga taqdim etish;
- filial fakulьtetlari va kafedralarida xamda bo’lmlarida ta’lim standartlari va ta’limga oid me’yoriy xujjatlariga amal qilinishini tekshirish;
- filial ilmiy kengash va boshqaruv yig’ilishlarida, fakulьtet va kafedralar yig’ilishlarida ishtirok etish;
- filial faoliyati bo’yicha fakultetьlar, kafedralar va bo’limlaridan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli xujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
- kurs loyixasi ( ishlari ), bitiruv malakaviy ishlarni xamda magistrlik dissertatsiyani ximoya qilish, davlat attestattsiyalarining o’tkazilishini va barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish;
- o’z xuquqi doirasidagi masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda filialning malakaviy professor-o’qituvchilari va xodimlarini jalb qilgan xolda guruxlar tuzi.