INTERAKTIV XIZMATLAR

                       

Marketing bo'limi

   Bo‘lim boshlig‘i: Husanova Mohiraxon Qurbonaliyevna

  Telefon: (0 373) 226-82-74  (90) 633-61-05

  Elektron manzili: marketingtatuff@umail.uz

  Bo`lim manzili: Farg'ona sh. Mustaqillik k-si 185-uy. 2-qavat, 224-xona

 

Marketing bo‘limi faoliyati haqida ma’lumot

Marketing bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, harakatdagi Mehnat Kodeksi va amaldagi qonunchilik va ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ish ko‘radi. Marketing bo‘limi filial direktori tasarrufida bo‘lib, “Marketing bo‘limi” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

Marketing bo‘limi maqsad va vazifalari:

Filialda tayyorlangan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish;

Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portefeli”ni shakllantirish;

Har yili belgilangan muddatda vazirlikning maxsus komissiyasiga Filialning joriy yildagi bitiruvchilari to‘g‘risida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo‘llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) kesimida shakllantirilgan ma’lumotlarni taqdim etish;

To‘lov shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar yoki ishlab chiqarish korxonalari bilan turli xildagi shartnomalar tuzish;

 Yangi o‘quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi to‘g‘risida shartnomalar tuzish;

Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to‘g‘risida (viloyatlar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilish;

Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati natijalari bo‘yicha Filialning ichki hisobotini yuritish va tashkil etish, marketing bo‘limining yillik hisobotini tayyorlash.

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.