Talabalar turar joyi

Talabar turar joyi komendanti

Nizomova Mamlakat Tojaliyevna

Telefon: (8373) 241-19-21

 

 

 

TATU Farg’ona filialining talabar turar joyi 2005yilda tashkil etilgan bo’lib. Shu  yildan boshlab Nizomova Mamlakat Tojaliyevna komendantlik faoliyatini olib bormoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialining talabalar turar joyi 200 o’rinli bo’lib 72 xona, 6ta oshxona, 2 ta dush, 6 ta yuvinish xonasi undan tashqari ARM filiali vfa fitobar tashkil etilgan.

Talabalar turar joyida talabalarning yashashlari, dam olishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar  uchun kerakli uskunalar bilan jihozlangan xona, sport maydonlari mavjud. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialining talabalar turar joyida  190 nafar talaba istiqomat qiladi. SHulardan qizlar 20 nafar o’g’il bolalar esa  170 nafarni tashkil etadi. Hozirda O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi tomonidan ta’sis etilgan qoidaga binoan barcha talabalar vaqtinchalik ro’yhatga olingan.

Talabalar turar joyidagi kirish chiqish nazorati mavjud va har bir talabalar uchun yotoqxonaga kirish ruxsatnomasi tariqasida guvoxnomalar taqdim etilgan. Talabalar turar joyida rahbarlarning uchrashuv jadvali mavjud bo’lib, Uchrashuv natijasida bildirilgan fikr-mulohazalar filial ishchi yig’ilishlarida muhokama etiladi.

TATU  Farg’ona filiali talabalar  turar  joyida  rahbar xodimlar  tomonidan o’tkaziladigan uchrashuvlar jadvali va mavzusi

Fio

Lavozimi

O’tkaziladigan  tadbirlar mavzulari

1

B.Mirzakarimov

TATU FF direktori

Talabalarga berilgan imtiyozlar xaqida va

bitiruvchi talabalar  bilan ishlash.

2

B. Tolipov

MMIB direktor o’rinbosari

Prizident, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Davlat dasturlari mazmun mohiyatini

talabalarga tushuntirish ishlarni olib borish

3

X. Abduraxmonov

MIIB direktor

o’rinbosari

Talabalar turar joyida sharoitlarni o’rganish

4

N.Jo’raev

TT va KT fakulьteti dekani

Fakultetdagi ichki tartib qoidalarga qat’iy amal qilish, mehr-muruvvat ishlari

5

N.To’raev

KI fakulьteti dekani

Filial xududidagi obektlarga extiyotkorona munosabatda bo’lish, obodonlashtirish ishlari

6

F.Mamaroziqov

TT va KT fakulьtet o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

Talabalarning kundalik  davomati xaqida

7

T. Abdullaev

KI fakulьteti  o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

Talabalarning o’quv yili davomida fanlarni o’zlashtirish natijasi muhokamasi

8

T.Nazirov

MTM bo’limi boshlig’i

Iqtidorli va yetakchi talabalar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy ishlar

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.