Ma`naviyat markazi

Bo’lim boshlig’i:  Nazirov To’xtasin Ahadovich

Telefon:  (8-373) 226-82-19

Elektron manzili: tuitnazirov@inbox.uz

 

 

       TATU Fargona filiali tashkil etilgandan buyon ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari bo’shchiligida faoliyat yuritib keladi.

Hozirda filial ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari vazifasini Tolipov Baxtiyor Hamitovich bajarmoqda. Bo’limda 1 ta uslubchi, 1 ta ish yurituvchi kotiba va 1 ta bo’lim boshlig’i ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari boshchiligida faoliyat yuritiladi.

Ma’naviy tarbiyaviy markaz bo’limi filial doirasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiviy ishlarni reja asosida boshqarib boradi. Fakultetlarda va talabalar turar joyida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni markazlashgan holda olib borilishini, o’tkaziladigan tadbirlarni mazmunliligi va samaradorligini ta’minlaydi.

Bo’lim o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitas, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi, Farg’ona viloyati hokimligi, viloyat va shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Farg’ona viloyat, shahar ichki ishlar bo’limi va turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi.

Ma’naviy tarbiyaviy markaz bo’limi o’quv yili boshlanishida yuqorida ko’rsatilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda filial miqyosida o’tkaziladigan tadbirlar rejasini tuzadi va amalga oshiradi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar Qo’mita va Vazirlikka yetkazib boriladi.

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.