Test sinovlarini o‘tkazish tartibi

Test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ayrim o‘zgarishlar kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011-yil 8-iyul kuni 2242-raqam bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2014-yil 6-avgustdagi 01-264-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2242-1, 15.08.2014 y.) asosida ayrim o‘zgarishlar kiritildi.

I. Javoblar varaqasi bo‘yicha:

1. Javoblar varaqasida faqat “Maxsus kod” qoldirildi (avval mavjud bo‘lgan “Oliy ta'lim muassasasi kodi”, “Tanlov kodi” olib tashlandi).

Bu abiturientning kodlarni almashtirib bo‘yash yoki noto‘g‘ri bo‘yash kabi xatoliklarga yo‘l qo‘yishning oldini olishda yordam beradi, javoblar varaqasini rasimiylashtirish uchun kam vaqt sarflanishini ta'minlaydi.

2. Savollarga javob belgilanadigan doirachalar 1 dan 108 gacha bo‘lgan ketma-ket sonlar bilan raqamlandi.

Bu abiturient tomonidan fan bloklarini, savollarni almashtirib bo‘yash kabi xatoliklarni oldini olishda yordam beradi.

3. Abiturient haqidagi ma'lumotlarni kiritish va imzo o‘rni javob bo‘yaladigan doirachalar bilan bitta betga (barcha ogohlantiruvchi yozuvlar ikkinchi betga) joylashtirildi.

II. Savollar kitobi bo‘yicha:

1. Savollar kitobida berilgan savollar raqamlari ketma-ketlikda  raqamlandi. Masalan, uchta fan bloki mavjud bo‘lgan savollar kitobida birinchi fan savollari 1 dan 36 gacha, ikkinchi fan 37 dan 72 gacha, uchinchi fan 73 dan 108 gacha sonlar shaklida raqamlandi.

Bu abiturient tomonidan savollar kitobida to‘g‘ri deb tanlagan javoblarini javoblar varaqasida bo‘yashda yo‘l qo‘yilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan, masalan bloklarni almashtirib bo‘yash, savollarni almashtirib bo‘yash kabi xatoliklarni oldini olishda yordam beradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 17-ILOVA

Javoblar varaqasi (old tomoni) 

Javoblar varaqasi (orqa tomoni)

manba: http://www.abcd.uz/

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.