INTERAKTIV XIZMATLAR

                       

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Kamolot%20YIH.jpg

YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI “TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM” FAKULTETI BOSHLANG’ICH TASHKILOTI

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/M.Norinov.jpg   “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT yetakchisi

    Norinov Muhammadyunus Yusufjonovich

    email: mnorinov@umail.uz

    tel:+998937350040

 

Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi –

mamlakatimiz yoshlarini ozod va obod Vatan yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtirish, milliy g‘oyamizga tayangan holda mustaqil O‘zbekistonning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni, bozor iqtisodiyoti asoslarini chuqur egallagan yoshlarni voyaga etkazishga har tomonlama ko‘maklashish, o‘sib kelayotgan avlodning inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lashga, xalqimizning obro‘si va nufuzini, yurtimizning shon-shuhratini oshirishga xizmat qiladigan uzoq muddatli keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir

Boshlang’ich tashkilotning fakultet Kengashi:

– boshlang’ich tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshiradi, boshlang’ich tashkilot Nizomidagi talablarning ijrosini ta'minlaydi, yuqori tashkilotlari va organi qarorlarini bajaradi;

– boshlang’ich tashkilotning kundalik faoliyatiga oid qarorlar qabul qiladi;

– Umumiy yig’ilishlar oralig’ida Harakat a'zoligiga qabul qilish, a'zolikdan chiqarish, hisobga olish va hisobdan chiqarish bo’yicha qaror qabul qiladi;

– kundalik ish rejalarni belgilaydi va bajaradi;

– yo’nalish sardorlari orasidan yetakchi o’rinbosarini saylaydi;

– boshlang’ich tashkilotning fakultet, mehnat jamoasi, talabalar turar joyi kengashlari (sardorlari) va tashkil etilgan boshqa tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, shuningdek, ustama xaqi va mukofotlash uchun tavsiya etiladigan faollar nomzodini  tasdiqlaydi;

– boshlang’ich tashkilot Kengashi a'zolarining choraklik va yarim yillik yakunlariga doir hisobotlarini tinglaydi, majburiyatlarni taqsimlaydi, vakolatini muddatidan oldin tugatadi;

– boshlang’ich tashkilot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha tahlim muassasasida komissiyalar va ishchi guruhlar tuzadi, ularning hisobotlarini tinglaydi, tegishli qarorlarni qabul qiladi;

– Harakat ahzolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir masalalarni ko’rib chiqadi;

– boshlang’ich tashkilotning ichki mehyoriy hujjatlarini tasdiqlaydi;

– Umumiy yig’ilishlar oralig’ida boshlang’ich tashkilotning amaldagi yetakchisi yoki Kengash ahzolaridan biri o’z zimmasidagi vazifalarni bajara olmagan taqdirda, vakolat va vazifalarini boshqa nomzodga vaqtincha yuklaydi;

– Umumiy yig’ilish va yuqori tashkilotlar topshirig’iga binoan boshqa masalalarni hal etadi.

 

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta'lim fakulteti kengash a'zolari va yo'nalish sardorlari.

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/Boyqoziev%20Alisher.jpg Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo’nalishi sardori

  Boyqo’ziev Alisher Akmaljon o’g’li

  “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT kengash a’zosi

  email:  alisher-boykuziev@umail.uz

   tel:+998911441112

 

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo’nalishi sardorining vazifalari.

Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar yo’nalishi talaba-yoshlarning yuksak ma'naviyatli shaxslar bo’lib yetishishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhining shakllanishiga, past saviyali “ommaviy madaniyat” va milliy ma'naviyatimizga zid bo’lgan tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda tashkil etadi. Talabalarning madaniy dam olishi va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi. Talabalarning oliy ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib boradi hamda aniqlangan kamchilik va muammolarni boshlang’ich tashkilot Kengashi kun tartibiga kiritadi.

 

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/Kamolov%20Oxunjon_0.jpg  Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo’nalishi sardori

  Kamolov Oxunjon Nozimjon o’g’li

  “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT kengash a’zosi

  email: oxun-kamolov@umail.uz

  Tel: +998941578523

 

Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo’nalishi sardorining vazifalari

Sport, salomatlik va ekologik madaniyat yo’nalishi talaba-yoshlar ongiga sog’lom turmush tarzi va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish g’oyalarini singdirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Turli sport-sog’lomlashtirish tadbirlari, sog’lom turmush tarziga oid suhbatlar, ekologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalar, obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari, ommaviy hasharlarni tashkil etadi. Talabalar o’rtasida OITS, giyohvandlik, ichkilikbozlik va kashandalikka qarshi tizimli targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.

 

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/Mirzakantov%20Azizbek.jpg  Muddatli xarbiy xizmatni o’tab, o’qishga qabul qilingan talabalar  bilan ishlash yo’nalishi sardori

  Mirzakantov Azizbek Sultonovich

  “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT kengash a’zosi

   email: aziz-mirzakantov@umail.uz

   Tel: +998941399009

 

Muddatli xarbiy xizmatni o’tab, o’qishga qabul qilingan talabalar  bilan ishlash yo’nalishi sardorining vazifalari.

Muddatli harbiy xizmatni o’tab, o’qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo’nalishi ushbu talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularning salohiyatidan keng foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Ular to’g’risidagi ma'lumotlarni umumlashtirib boradi va faoliyatini monitoring qiladi. Muddatli harbiy xizmatni o’tab kelgan talabalar ishtirokida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, jamoatchilik aktsiyalarini o’tkazadi.

 

 

 

 

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/Mashrabova%20Muniraxon.jpg  Faol qizlar bo’limi yetakchisi

  Mashrabova Muniraxon Ixtiyor qizi

  “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT kengash a’zosi

  email: munira-mashrabova@umail.uz

  tel: +998911076693

 

Faol qizlar bo’limi yetakchisi vazifalari.

Fakultet iqtidorli qizlarining qobilyatlarini mujassamlashtirgan holda, ta'lim tarbiya muhitida shakillantirilgan voqelikni yuzaga keltirib iqtidorli qizlarni hayotga, vatanga bo'lgan sadoqatlarini ommaga ko'rsatish hamda qizlar faolligini oshirishda ko'maklashish. 

 

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/Oripov%20Qaxramon.jpg  Tashkiliy va axborot-taxlil yo’nalishi sardori.

  Oripov Qaxramon G’olibjon o’g’li

  “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT kengash a’zosi

  email:  qaxramon-oripov@umail.uz

  tel:  +998911230403

 

Tashkiliy va axborot-taxlil yo’nalishi sardorining vazifalari.

Tashkiliy va axborot-tahlil yo’nalishi ahzolarning Umumiy yig’ilishi, boshlang’ich tashkilot Kengashi yig’ilishlari kun tartibi va bayonlarini ishlab chiqadi, boshlang’ich tashkilotning ish rejalari va hisobotlarini tayyorlaydi, devonxona ishini tashkil etadi, shuningdek, axborot va ma'lumotlarni umumlashtirish, sardorlarga uslubiy ko’mak ko’rsatish, kadrlar zahirasini shakllantirish faoliyatini olib boradi. Talaba-yoshlar to’g’risida axborot bankini tuzadi, ularning ijtimoiy ahvoli, shaxsiy fazilatlari, muammolari bo’yicha monitoring olib boradi. 

 

 

 

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/Sharipov%20Nozimjon.jpg   Xuquqiy savodxonlik yo’nalishi sardori

   Sharipov Nozimjon Nosirjon o’g’li

   “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT kengash a’zosi

   email:  nozimjon-sharipov@umail.uz

   tel: +99891 159-09-62

 

Huquqiy savodxonlik yo’nalishi sardorining vazifalari.

Huquqiy savodxonlik yo’nalishi talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga va huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ularning demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi. Yoshlarga oid qonun va qonunosti hujjatlarining targ’ibot va tashviqotini olib boradi. Huquqiy mavzudagi ko’rik-tanlovlarda talaba-yoshlarning ishtirokini tahminlaydi. Huquq sohasi vakillari bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

 

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/Urinov%20Iqboljon.jpg   Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo’nalishi sardori  

   Urinov Iqboljon

   “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT kengash a’zosi

  email: iqbol-urinov@umail.uz

  Tel:+998911502522

 

Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo’nalishi sardorining vazifalari. 

Iqtidorli yoshlar va yosh olimlar yo’nalishi tahlim muassasasidagi iqtidorli talaba-yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, istehdod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda, tashabbus va maqsadli loyihalarni amalga oshirishda ko’maklashadi. Ularni turli klub va markazlar faoliyatiga birlashtiradi hamda respublika miqyosida ehlon qilingan tanlovlarda, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha va dasturlardagi ishtirokini ta'minlaydi. Yoshlar uchun tahsis etilgan mukofotlar, Prezident stipendiyasi va nomdor stipendiyalar uchun tahlim muassasasida o’tkaziladigan tanlovlarni tashkil etishda faol qatnashadi. Iqtidorli va istehdodli yoshlar haqidagi ma'lumotlar bazasini shakllantiradi va yangilab boradi.

 

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/Komilov%20Abdullajon.jpg  Ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalish sardori

  Komilov Abdullajon Odiljon o’g’li

  “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT kengash a’zosi

  email: abdulla-komilov@umail.uz

  Tel: +998913964323

 

Ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalish sardorining vazifalari.

Ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalish talaba-yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy axvolidan doimiy xabardor bo’lish va qo’llab-quvvatlash choralarini ko’radi, talabalarning o’quv amaliyotlarini mazmunli o’tkazishi, bitiruvchilarning ishga joylashishi yuzasidan mehnat yarmarkalari, korxona, muassasa va tashkilotlarga tashriflar uyushtirishda, talabalarda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirishda tahlim muassasasiga ko’maklashadi. “Bunyodkor” yoshlar mehnat guruhlari faoliyatini tashkil etishda ko’maklashadi.

 

Описание: http://tatuff.uz/sites/default/files/rasmlar/yangilik/Telekom/Imyaminov%20Mansurjon.jpg   Matbuot yo’nalishi sardori  

   Imyaminov Mansurjon

   “Kamolot” YoIH  “ TT va KT” fakulteti BT kengash a’zosi

   email: mansur-imyaminov@umail.uz

   Tel: +998912031995

 

Matbuot yo’nalishi sardorining vazifasi.

Matbuot yo’nalishi “Kamolot” YoIH fakultet BT faoliyatiga oid ma'lumotlar, o’tkazilgan tadbirlarni devoriy gazetalarda, Internet saytlarda, ta'lim muassasasi hamda “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi muassisligidagi va boshqa ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta'minlaydi. Ta'lim muassasasi radiosi faoliyatini yo’lga qo’yadi. Targ’ibot burchaklarini tashkil etadi, shuningdek, talabalarning ijod namunalarini chop etishda ko’maklashadi.  

 

 

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.