Talabalar turar joyi

TATU FARG’ONA FILIALI TALABALAR TURAR JOYI TO’G’RISIDA  MA’LUMOT

      TATU Farg’ona filiali  talabalar turar joyi 1969 yilda qurilgan, 3 qavatli, 200 o’rinli, hozirda 190 nafar talaba yashaydi.

     TATU Farg’ona filiali  talabalar turar joyida hozirgi kunga qadar talabalar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar quyidagicha:  Issiqlik tizimi, sovuq va issiq suv, kanalizatsiya, oshxonalar mavjud.  Eshiklar dermantin bilan qoplangan, fitobar, ARM filiali, go’zallik saloni, ishonch qutisi, rahbarlarning talabalar bilan uchrashish rejasi, ota-onalar xonasi, dam olish xonasi, ma’naviyat xonasi mavjud. Hamda 72 xona, 6 ta oshxona, 2 ta dush, 6 ta yuvinish xonasi mavjud.
Talabalar turar joyida talabalarning yashashlari, dam olishlari va ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar uchun kerakli uskunalar bilan jihozlangan xona, sport maydonlari mavjud.

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.