Ijtimoiy muhofaza

TATU FARG'ONA FILIALI MA'NAVIY-TARBIYAVIY MARKAZ BO'LIMI TOMONIDAN TALABALAR UCHUN JORIY ETILGAN

"SOG'LOM BOLA VA YOSHLAR STIPENDIYASI"

                                                    N I Z O M I           

 

( Kadrlar tayyorlash Mlliy Dasturi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124 sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2014 yilda  yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi”, 2014 yil 19 fevraldagi PQ-2133 sonli Qarori  bilan tasdiqlangan “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi asosida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, chin yetim, farzandli, faol talabalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy –ma’naviy ruhlantirish maqsadida ishlab chiqildi.)

 

I. UMUMIY QOIDALAR

  1. “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi” xalqimizga xos ma’naviy xususiyat, milliy qadriyat - muruvvat, saxovat kabi insoniy fazilatlarni targ’ib etish, yangicha nomda yanada takomillashishiga hissa qo’shish, ona yurtimizda yaratilayotgan imkoniyat va shart–sharoitlarga shukrona keltirish, TATU Farg’ona filialida ta’lim olayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan, nogiron, yetim, farzandli  talaba yoshlarga moddiy yordam berish, ma’nan qo’llab-quvvatlash, ularning ba’zi muammolarini o’rganish va bartaraf etish, tushgan takliflarini muhokama qilish, ichki dunyolarini yaqindan o’rganish va ruhlantirish, ijtimoiy hayotda o’z o’rinlarini egallashlarida ko’maklashish,  ular orasidan iqtidorli yoshlarni kashf etish,  intellektual va axborot madaniyatlari, mafkuraviy immunitetlarini yuksaltirish, mafkuraviy profilaktika ishlari olib borish, yoshlarni ogohlikka chorlash, ma’naviy–ma’rifiy tadbirlarni tashkillash, kasb-hunar, sport bilan shug’ullanib bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash, erishayotgan yutuqlarini targ’ib qilish, ilmiy-tadqiqot va ijod bilan shug’ullanuvchi yoshlarga o’z oldiga aniq va ulkan maqsadlar qo’yishlarida va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish  ishlarida ko’maklashish, sport, ta’lim , ishlab chiqarish, til o’rganish,  kelgusida o’zlari egallamoqchi bo’lgan kasb va hunar soxasi yetuk mutaxassislari, ustoz-murabbiylar bilan yaqindan tanishtirish, uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkillash kabi ishlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqildi.
  2. TATU Farg’ona filiali  MTM bo’limi “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi” eng kam ish haqining 0,5 barobarida belgilanadi.
  3. “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi”ga nomzod  talabalar MTM bo’limi va “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkillangan, Filial Ilmiy Kengashi yoki Boshqaruv yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan Ishchi guruh tomonidan aniqlanadi.   .
  4. “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi” 1 yil davomida 1 nafar chin yetim, 1 nafar nogiron, 1 nafar kam ta’minlangan farzandli, 1 nafar Filial talabalar turar joyi  eng faol talabasining har birlariga bir chorak davomida belgilanadi va beriladi.
  5. Ishchi guruh tomonidan aniqlangan “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi” nozodlarining yil davomida stipendiya olish navbati qur’a tashlash yo’li bilan belgilanadi.
  6. “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi” talabalar turar joyi eng faol talabasiga belgilanishida talabaning yangi tashabbuslari va amaliy ishlari, bularni tasdiqlovchi hujjatlari inobatga olinadi.
  7. “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi”ga nomzod barcha talabalardan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’grisida”gi va boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, qarorlari va ko’rsatmalari, Farg’ona viloyat hokimligi qaror, farmoyish va bayonlari, ”Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi nizomlari, TATU Farg’ona filiali nizomi va “Odob–axloq qoidalari“ hamda mazkur Nizom, Filial qoshida tashkil etilgan “Yuksak natijalarga erishgan shaxslar, talaba va o’quvchi yoshlar, tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy-ma’naviy ruhlantirib, aniq maqsadlar sari  yo’naltiruvchi Muzey-Markaz” Nizomi va Filial o’quv binolari, talabalar turar joyida joylashgan “Ishonch qutisi“ Nizomi, Filial MTM bo’limi qoshida tashkil etilgan “Muntazam harakatdagi tashabbuskor va shijoatli yoshlar SHtabi“ Nizomlari bilan tanish bo’lishlari, ushbu Nizomlar, Qarorlar qoidalari, talablarini  bilishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishlari talab etiladi.
  8. “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi”ga 1 yil davomida TATU Farg’ona filiali MMIB direktor o’rinbosari, falsafa fanlari nomzodi B.X.Tolipov homiylik qiladi. Homiyning imkoniyati va istagiga ko’ra nomzodlarga stipendiya eng kam ish haqining 0.5 barobari miqdorida naqd pul(so’mda) yoki oylik ish haqining plastik kartochkasi orqali Ishchi guruh tomonidan o’rganilgan ehtiyojlarga ko’ra kiyim–kechak, bolalarga o’yinchoqlar va kiyim-kechaklar, o’quv jihozlari, o’zlari istagan narsa va buyumlar ko’rinishida sotib olib beriladi.

 

II. “SOG’LOM BOLA VA YoSHLAR STIPENDIYASI”NI JORIY ETISHDAN MAQSAD  VA VAZIFALAR

 

1. “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi”ni joriy etishdan asosiy maqsad va vazifalar – kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim, nogiron, farzandli, talabalar turar joyida yashovchi faol talaba yoshlarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, ularning mavjud muammolarini yaqindan o’rganish va bartaraf etishga yordam berish, ruhlantirish, shukronalik kayfiyatlarini shakllantirish maqsadida soxa mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkillash, ular orasidan  iqtidorli yoshlarni kashf etish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish bo’yicha turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillash, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarda faollikka jalb qilish.

  1. Stipendiyaga nomzod talaba yoshlarning globallashuv jarayonlari  salbiy oqibatlari, yot g’oyalar salbiy ta’sirlariga qarshi kurashishda axborot madaniyatlari, mafkuraviy immunitetlarini yanada yuksaltirish.
  2. TATU Farg’ona filialida faoliyat olib borayotgan rahbar, ishchi-xodimlar, talaba yoshlar orasidan o’z tashabbuslari bilan saxovat, muruvvat ishlariga qo’l urmoqchi bo’lgan insonlar va homiylar bilan hamkorlik o’rnatish va ibratli ishlarni amalga oshirish.

 

III. “SOG’LOM BOLA VA YOSHLAR STIPENDIYASI”  ISHCHI

 GURUHI VA ULARNING VAKOLATLARI

 

  1. “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi” Ishchi guruhi tarkibi  TATU Farg’ona filiali MTM bo’limi boshlig’i, huquqshunosi, dekan muovinlari, “Kamolot”YoIH boshlang’ich tashkiloti yetakchisi va faollari, filial Xotin-qizlar Qo’mitasi raisi, professor-o’qituvchilar va talabalar Kasaba uyushmasi Qo’mitalari raislari, talabalar turar joyi komendanti, tungi tarbiyachisi, TTJ  faollar Kengashi a’zolaridan iborat bo’lib, TATU farg’ona filiali boshqaruv yoki Ilmiy Kengashi yig’ilishining qarori bilan tasdiqlanadi.
  2. Qaror asosida Ishchi guruh rahbari TATU Farg’ona filiali boshqaruv yig’ilishlari, Ilmiy kengashlarida  va barcha ma’naviy–ma’rifiy tadbirlari, konferentsiyalarida ishtirok etish huquqiga ega bo’ladi, “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi”ga ega bo’lish uchun  tushgan arizalarga binoan talaba yoshlarning shaxsiy, zaruriy hujjatlarini talablar asosida  o’rganib chiqadi va jamlaydi. 
  3. Ishchi guruh  stipendiyaga nomzodlar shaxsiy hujjatlari yig’ma jildini tayyorlaydi. Nomzodlar muammolarini muntazam ravishda o’rganib boradi va ularni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etadi.
  4. Ishchi guruh nogiron talabalar sog’liklari bilan bog’liq muammolarini bartaraf etish uchun soxa mutaxassislari bo’lgan shifokorlar bilan aloqa o’rnatadi.

 

IV. “SOG’LOM BOLA VA YOSHLAR STIPENDIYASI” ISHCHI GURUHI FAOLIYaTI ISH  TARTIBI VA HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISH

 

  1. “Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi” ishchi guruhi nomzod talabalardan tushgan arizalarni qayd etib borish uchun maxsus daftar tashkillaydi. Ushbu daftar Ishchi guruh rahbari ixtiyorida turadi.
  2. Ishchi guruh “Sog’lom bola va Yoshlar  stipendiyasi” to’lov miqdorini ko’paytirish bo’yicha hamkorlar, saxovatpesha homiylardan kelib tushgan xatlar, takliflarni o’rganib chiqadi va stipendiya miqdorini ko’paytirish yoki yangicha nomdagi stipendiyalarni joriy etish bo’yicha Filial Ilmiy Kengashi, Boshqaruv yig’ilishlari qarori bilan tasdiqlash uchun takliflar kiritadi.

 

V . “ISHONCH QUTISI” NIZOMIGA O’ZGARTIRISHLAR KIRITISH TARTIBI

 

1.“Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi” Nizomiga o’zgartirish va qo’shimchalar TATU Ilmiy Kengashi yoki Boshqaruv yig’ilishi qarori asosida kiritiladi va yig’ilish a’zolarining kamida  60 % i ishtirok etgan umumiy yig’ilishda ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Umumiy yig’ilishda qatnashayotgan Kengash a’zolarining kamida 60 % i Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishni yoqlab ovoz berganda Nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qaror qabul qilingan hisoblanadi.

2. Ushbu NIZOMga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, takomillashtirish bo’yicha tushgan takliflar, g’oyalar ishchi guruh tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

VI.  YAKUNIY HOLATLAR

“Sog’lom bola va Yoshlar stipendiyasi” faoliyatini qayta tashkil etilishi yoki yangicha nomlanishi homiy istagi va ishchi guruh tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Tugatilishi TATU Farg’ona filiali Ilmiy Kengashi yoki Boshqaruv yig’ilishi qarori bilan amalga oshiriladi.

 

  (Ushbu NIZOM TATU Farg’ona filialining 2014 yil 21 aprel kungi Boshqaruv yig’ilishi qarori asosida tasdiqlangan) 

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.