Kompyuter injiniringi fakulteti

Fakultet 2005-yilda tashkil qilingan. Axborot texnologiyalari hamda O`zbekistonning kompyuter injiniringi bo`yicha kadrlarni tayyorlashda yetakchi hisoblanadi.

Kompyuter injiniringi fakulteti dekani

Tojiboyev Ibroximjon Tojaliyevich, f-m. f-n.

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: 226-82-37

E-mail: t_1982@umail.uz

 

 

Kompyuter injiniringi fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini

Abdullayev Temurbek Marufovich

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: +99893 735-59-55

E-mail:  danger_pro@inbox.uz

 

 

Kompyuter injiniringi fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini

Xoitqulov Abdumalik Abdugopporovich

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00

Telefon: +99891 326-66-28

E-mail:  abdumalik.xoitqulov@umail.uz

 

 

Kompyuter injiniringi fakulteti ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo'yicha dekan muovini

Ibragimov Navro'zbek Kimsanbayevich

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: +99891686-04-82

E-mail: inavruzbek@umail.uz

 

 

FAKULTET HAQIDA

Hozirgi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 may 2002 yildagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish” haqidagi Farmoni va 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish” haqidagi Qarori asosida tashkil etilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 2005 yil 23 iyuldagi buyrug’i) va shu  asosida filialda Axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etilgan.

Fakultet dekanlari lavozimida: 2005-2009 yillarda - t.f.n. Otaqulov Oybek Xamdamovich, 2009-2012 yillarda f-m.f.d. Rasulov Akbarali Mamatovich, 2012 yil 19 maydan 27 avgustga qadar katta o’qituvchi Rustamov Ilxomiddin Abduqodirovich, 2012-2016 yillarda f-m.f.n. To’rayev Nuriddinxon Maxsudovich faoliyat olib borgan. 2016 yil 4 sentyabrdan hozirgi kunchaga f-m.f.n. Tojiboyev Ibroximjon Tojaliyevich fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 iyundagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning xududiy filiallari tashkiliy tuzulmasini takomillashtirish to’g’risida”gi 118-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining 2013 yil 4 iyuldagi 280-sonli buyrug’i, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim  vazirligining  2013  yil 4 iyuldagi 232-sonli va TATU ning 2013 yil 29 avgustdagi 905-sonli buyruqlariga asosan TATU Farg’ona filiali Axborot texnologiyalari fakulteti “KOMPYUTER INJINIRINGI” fakulteti deb nomlandi.

 

Hozirgi kunda fakultetda 4 ta kafedra mavjud:

  • Axborot texnologiyalari;
  • Kompyuter tizimlari;
  • Tabiiy fanlar;
  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar.

Mazkur kafedralarda hozirgi paytida 2 ta professor, 13 ta fan nomzodi, dotsentlar, 18 ta katta o’qituvchilar, 28 ta assistent-o’qituvchilar hamda 10 dan ortiq xodimlar mehnat qilmoqdalar.

Fakultetda tayyorlanayotgan yo’nalishlar:

5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”).

Mazkur bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar:

Davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Kompyuter injiniringi bo’yicha kompleks masalalarni yechish, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o’z ichiga oladi.  

Kasbiy faoliyati ob’ektlari:

  •  Kompyuter injiniringiga oid jarayonlar, axborot-kommunikatsiya tizimlarining apparat-dasturiy ta’minoti;
  • axborot-kommunikatsiya tizimlarini va texnologiyalari texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari;
  • avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari;
  • axborotni ishlash, saqlash va ular himoyasining ta’minoti;
  • axborotni dasturiy va dasturiy-apparat himoya vositalari;
  •  ilmiy – tadqiqot jarayoni.

Kasbiy faoliyatining turlari:

  • loyihaviy-konstruktorlik;
  • foydalanish va servis xizmati ko’rsatish;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • ilmiy tadqiqot;
  • konsalting xizmati va shu kabi faoliyatilarni o’z ichiga oladi.

Kasbiy moslashish imkoniyatlari:

Pedagogik qayta tayyorgarlikdan o’tgandan so’ng umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni o’qitish imkoniyatiga ega bo’ladi

Fakultetda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar:

5A330501 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”) magistratura mutaxassisligi.

Magistrlar kasbiy faoliyatining ob’ektlari:

  • malumotlar bazasi va banki;
  • operatsion tizimlar va ofis ilovalari;
  • tarmoqq va internet xizmatlari;
  • Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti;
  • injiniring ilmiy-tadqiqot masalalari;
  • Kompyuter tarmoqlari va ularning dasturiy ta’minoti;
  • ma’lumotlar markazi;
  • multimediya vositatari va ularning dasturiy ta’minoti;
  • axborot xavfsizligini ta’minlovchi apparat va dasturiy vositatar;
  • interaktiv xizmatlarni tashkil etuvchi apparat va dasturiy vositalar.
  • ilmiy tadqiqot jarayoni;
  • o'quv jarayoni.

Magistrlar kasbiy faoliyatining turlari:

  • lmiy-tadqiqot faoliyati;
  • loyihaviy-konstruktorlik faoliyati;
  • ishlab chiqarish - texnologik faoliyati;
  • tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
  • oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida pedagogik faoliyat (o’rnatilgai tartibda);
  • konsalting xizmati faoliyatini o’z ichiga oladi.

 

FAKULTETDAGI IQTIDORLI TALABALARNING ERISHGAN YUTUQLARI

 

Karimov Avazbek Umarali o’g’li

                   2014-2015 o’quv yilida “Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi.

 

 

 

 

Kaxarov Shukrullo Sa’dullo o’g’li

2015-2016 o’quv yilida “Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi.

 

 

 

     

Mamatqulov Baxromjon Baxodir o’g’li

    2015-2016 o’quv yilida Axborot texnologiyalari va   kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi sohibi.

 

 

 

      Jabborov Xayitmurod Ishmo’min o’g’li

2016-2017 o’quv yilida Axborot texnologiyalari va   kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi sohibi.

 2017-2018 o’quv yilida “Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi.

 

 

 

Qodirov Umidjon Malikjon o’g’li

2017-2018 o’quv yilida “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” sovrindori

 

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.