Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta`lim

 Fakultet dekani: Jo'rayev Nurmaxamad Mamatovich

 Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (dushanba va shanbadan tashqari)

 Tel: (8373) 226-87-78,+99893 979-08-08

 E-mail: juraev-n@umail.uz

 

 

 

 

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini

Mamaroziqov Foziljon Davronboyevich

 Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (dushanba va shanbadan tashqari)

 Tel: +99893 735-00-60

 E-mail:

 

Ma'naviy va ahloqiy tarbiyaviy ishlari bo'yicha dekan muovini

Qodirov Abdumalik Matkarimovich

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (dushanba va shanbadan tashqari)

 Tel: +99890 631-60-58

 E-mail:  abdumalikk_1985@inbox.uz

 

Fakultet kafedralari:

Telekommunikatsiya injiniringi

Axborot ta`lim texnologiyalari

Fakultet quyidagi ta'lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

5350400-Axborot texnologiyalari sohasida kasb ta'limi (Informatika va axborot texnologiyalari)

5350101-Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar)

Fakultet faoliyati

Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 2009 yilning sentyabr oyida tashkil etilgan. 
Xozirgi kunda fakultet Xalq xo’jaligining barcha sohalariga 5610600 –“Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi” (sohalar bo’yicha), 5311300 – “Telekommuniktsiya”, 5111000 – Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari) 5350400–“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi”, 5350100–“Telekommuniktsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)”, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi.

Fakultetda “Telekommunikatsiya injiniringi”, “Axborot ta’lim texnologiyalari”, “Tillar” kafedralari mavjud bo’lib,  38 nafar professor - o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 1 nafari professor, 7 nafari dotsent hamda 30 nafar o’qituvchilar talabalarga  sitqidildan bilim berib kelmoqdalar. 
Fakultet tomonidan ta’lim bilan ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyani ta’minlash maqsadida bir qator soha korxonalari bilan xamkorlik shartnomalari tuzilgan va doimiy aloqalar o’rnatib kelinmoqda. Jumladan, “O’zbektelekom” AKning Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlaridagi filiallari, “UzMobile”,“UMC”, “Beeline”, “Ucell”, “Perfectium Mobile” kabi mobil operatorlar, OAJ “Farg’ona Azot”, “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” kabi yirik soha korxonalari hamda viloyatning sohaga oid kasb-hunar kollejlari bilan doimiy hamkorlik olib boradi. Ushbu soha korxonalarning samarali faoliyatini ta’minlash uchun turli dasturiy vositalar, qurilmalar hamda ihtirolar yaratilib kelinmoqda.
Respublika va Viloyat miqyosida o’tkazilayotgan innovatsion yarmarka va ko’rgazmalarda fakultet professor-o’qituvchilari o’zlarining ixtiro, loyixa va qurilmalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.


 
2014-2015 o’quv yilida fakultetni 111 nafar talabalar tamomlab, hozirgi kunda jamiyatining eng nufuzli soha korxonalari, davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, ta’lim muassasalarining barcha bosqichlarida, davlat boshqaruv organlarida, telekommunikatsiya texnlogilari sohalarida, tarmoq va ilmiy tadqiqot institutlarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, ishlb chiqarish korxonalarida mehnat faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Fakultetda o’quv jarayoni bilan bir qatorda iqtidorli talabalar bilan ishlash yo’lga qo’yilgan.
 Fakultet kafedralari kesimida 20 dan  ortiq fan to’garaklari faoliyat olib boradi. Ushbu to’garaklarda talabalar o’zlarining kichik-kichik ixtirolari va yangi-yangi dasturiy mahsulotlari xamda mobil ilovalar yaratish ustida izlanmoqdalar.  
“Telekommuniktsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultetida so’ngi yillarda 3 nafar iqtidorli talabalar “Abu Rayxon Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasiga sozovor bo’lgan.  

 

Abduxalilov Boburjon Zuxriddin o’g’li
 “Telekommunikatsiya” ta’lim yo’nalishi 630-08 guruh talabasi. 2012-2013 o’quv yilida “Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi

 

 

 

Dehqonov Oybek
“Telekommunikatsiya” ta’lim yo’nalishi 632-10 guruh talabasi. 2013-2014 o’quv yilida “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’lgan.

 

 

 

 

Solieva Xurshida Akramovna
“Telekommunikatsiya” ta’lim yo’nalishi 632-11 guruh talabasi. 2014-2015
 o’quv yilida “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo’lgan.

 

 

 

 

 “Telekommunikatsiya” ta’lim yo’nalishi 631-09 guruh talabasi Otaxonov Anvar 2014 yilda, “Telekommunikatsiya” ta’lim yo’nalishi 630-10 guruh talabasi SHerboev O’tkirjon Muxammadovich “HUAWEI” kompaniyasining stipendiyasiga sazovor bo’lishgan

“Korxonalarga servis xizmat ko’rsatish” ta’lim yo’nalishi 640-11 guruh talabasi Inoyatova Xursanoy Anvarovna 2014 yilda Fan va texnologiyalari rivojlantirish markazi stipendiyaga sazovor bo’lgan.

Xakimova Dilnoza Numonovna 
2008-2012 o’quv yillarida “Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari)” ta’lim yo’nalishida tahsil olgan. 2012 yil “BEST SOFT” Respublika ko’rik tanlovida fahrli birinchi o’rinni egallagan.

 

 

 

 

Fakultetda o’quv jarayonidan tashqari talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli to’garaklar, sport tadbirlari faoliyat olib bormoqda. Fakultet qoshida “Talaba sport klubi” tashkil etilgan bo’lib, 50dan ortiq talabalarni qamrab olgan. Talabalar sportning voleybol, futbol, basketboll, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sportning bir necha turlaridan to’garaklar tashkil etilib, har musobaqada fahrli o’rinni egallab kelinmoqda.
 Ushbu tadbirlarda professor-o’qituvchilar, talabalar ishtirok etib fahrli o’rinni qo’lga egallab kelinmoqda hamda filial ma’muriyati, fakultet va homiy tashkilotlar tomonidan munosib rahbatlantirilmoqda.

 

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.