Hujjatlar to'plami

Bakalavriatura uchun abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • ipli papka 1 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

 

Magistraturaga kirishda abiturientlar (bakalavr darajasiga ega bo’lganlar, diplomli mutaxassislar)  oliy ta’lim muassasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi.

  • Magistratura mutaxasisligi ko’rsatilgan xolda oliy talim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • Oliy malumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma-O’zbekistonRespublikasi oliy talim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib to’gatkanlar uchun) hamda unga ilova;
  • Chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo’lgan holda);
  • 3.5X4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • U- shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • Pasport nushasi.

Xujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar taqdim qilishi jarayonida abiturientlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarni shaxsan ko’rsatiladi.

Teg: 

Zircon - This is a contributing Drupal Theme
Design by WeebPal.