Nufuzli universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan xorijiy ta’lim dasturlariga o‘qishga taklif etamiz!!!

E’LON

Nufuzli universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan xorijiy ta’lim dasturlariga o‘qishga taklif etamiz!!!

Zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Samarqand davlat universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasasalari bilan hamkorlikda Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etildi.

Ushbu fakultetda Xitoyning Sian Jiaotong va Shansi universitetlari, Janubiy Koreyaning Sunchonxyan universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti, Hindistonning Aligarx Muslim universiteti, Germaniyaning Kiyel universiteti, Fransiyaning Injineriya maktabi va Rossiyaning Stankin Moskva Davlat texnologiyalar universiteti hamda Sankt-Peterburg universitetlari bilan hamkorlikda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida ta’lim olib boriladi. Fakultetda materialshunoslik, sanoat matematikasi, mexatronika va robototexnika, geografik axborot tizimlari va masofaviy zondlash, muhandislik, axborot texnologiyalari, tarix, maktabgacha ta’lim, psixologiya kabi ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

 

Bakalavriat yo‘nalishining birinchi ikki yili va magistraturaning birinchi yilini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettiradilar. Xorijiy universitetlarda o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo‘ladilar.

O‘qishga kirish uchun hujjatlar Samarqand Davlat universiteti Fizika fakulteti binosining 1-qavatida qabul qilinmoqda.

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 97 611 34 77; +998 97 391 27 16 

          E-mail: tradjabov@mail.ru