Oquv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i

Umarov Shuhratjon Azizjonovich

Tel: (8 373) 226-82-36

E-mail: sht003@umail.uz


O‘quv-uslubiy bo‘lim 2005 yil 14 iyunda tashkil etilgan. 2005-2006 yillarda U.Dexqonov, 2007-2009 va 2016-2017 yillarda A.Abduqodirov, 2010-2013 yillarda Sh.Umarov, 2014-2016 yillarda M.Andapo‘latov o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan bo‘lsa, 2017 yildan hozirgi vaqtgacha Sh.Umarov o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘quv-uslubiy bo‘lim – o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi va shu asosda faoliyat olib boradi.
O‘quv-uslubiy bo‘lim filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O‘quv-uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

O‘quv-uslubiy bo‘lim vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
  • Filialda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
  • Filialda ta’limning kredit tizimini joriy etish va nazorat qilish;
  • Filial fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
  • Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
  • Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
  • Fakultetlarda talabalar kontingentini yuritilishini nazorat qilish;
  • Talabalar davomatini tahlil etish;
  • Filialdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etish va tahlil qilish;
  • Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
  • Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  • Filial fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
  • Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
  • O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
  • Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish.

O‘quv-uslubiy bo‘lim vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Hozirgi kunda O‘quv-uslubiy bo‘limda 7 ta shtat birligi asosida 7 nafar hodim faoliyat ko‘rsatmoqda:
  • O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
  • O‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi
  • O‘quv uslubiy bo‘limi o‘quv ishlar bo‘yicha inspektor
  • O‘quv uslubiy bo‘lim dispecheri
  • Kredit tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi
  • Kredit tizimini boshqarish sektori bosh mutaxassisi
  • Kredit tizimini boshqarish sektori yetakchi mutaxassisi

O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘I Umarov Shuxratjon Azizjonovich 1981 yil Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, oilali, 2 nafar farzandi bor.

Sh.Umarov 1987-1996 yillar Rishton tumani 3-umumta’lim maktabida, 1996-1998 yillar Rishton tumani 1-iqtidorli bolalar litseyida, 1998-2004 yillar Farg‘ona davlat universitetida ta’lim olgan. 2002 yil bakalavriat ta’lim yo‘nalishini, 2004 yilda magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004 yil Farg‘ona davlat universiteti informatika kafedrasi o‘qituvchisi sifatida boshlagan. U 2004-2005 yillar Farg‘ona davlat universiteti informatika kafedrasi o‘qituvchisi, 2005-2007 yillar TATU Farg‘ona filiali umumkasbiy fanlar kafedrasi assistenti, 2007-2009 yillar TATU aspiranti, 2010-2013 yillar TATU Farg‘ona filiali o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, 2013-2015 yillar axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, 2015-2017 yillar esa axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2017 yildan hozirgi vaqtgacha o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Sh.Umarov 2023 yilda 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi ixtisosligi bo‘yicha “Shifrlash algoritmlari uchun kriptobardoshli mantiqiy va jadvalli akslantirishlar yaratish” mavzusidagi dissertatsiyani himoya qilib, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olgan. Faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. Shuningdek, 8 ta dasturiy guvohnomalar va 10 ta uslubiy ko‘rsatmalar muallifi.

Lavozim yo’riqnomalari: