O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi Belarus Respublikasida aspiranturada o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi!

Belarus Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida  aspiranturada ta’lim olish uchun o‘tkaziladigan tanlovda qatnashish istagi bo‘lgan talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

– ishtirokchi mahalliy yoki xorijiy oliy ta’lim muassasasida magistr darajasini olgan bo‘lishi;

– rus tilini mukammal bilishi;

– 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  1. Shaxsiy ma’lumotnoma (Ob’ektivka).
  2. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot instituti muhri bilan tasdiqlangan bakalavr va magistr diplomi va ilovalari nusxalari.
  3. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari.
  4. Belarus Respublakasida o‘qish uchun tanlangan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi hamda ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilishi kerak. Tanlangan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi Belarus Respublikasida yuqori reytingga ega bo‘lishi lozim.

Tanlov hujjatlari joriy yilning 11 martidan 20 martiga qadar shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 9:00dan 17:00gacha vazirlik binosida qabul qilinadi. (Mas’ul xodimlar: Shofayziyev Akmal, Xolov Nabijon +998 (71) 203-32-23 (ichki raqam: 221).

Tanlovga kelib tushgan hujjatlar vazirlik maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganiladi va ishtirokchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Zarur holatlarda qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Elektron pochta: n.xolov@mininnovation.uz

Manba: mininnovation.uz