Filial talabalari tashabbusi bilan

2020 yil 23 yanvar kuni Muhammad-al Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali  Yoshlar ittifoqi BT kengashi etakchisi I.Qosimov hamda bir guruh faol talabalar  “Siz E’tibor va qadrdasiz” shiori ostidagi ijtimoiy loyihasi asosida kun sovuq bo’lishga qaramasdan shahrimiz obodonlashtirilishi uchun mehnat qilayotgan Farg’ona shahar obodonlashtirish boshqarmasining bir guruh xodimlarini oz bo’lsada kayfiyatlarini ko’tarishga harakat qilishdi, ularga issiq kofe va eguliklar ulashishdi. Bu insonlarning mehnatini naqadar ulug’ ish ekanligini e’tirof etishdi.