Filialga Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari tashrif buyurdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini Farg‘ona filialiga Janubiy Koreyaning KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) O‘zbekistondagi ofisi direktor o‘rinbosari Xan Song I, volonterlar koordinatori Kang Munxi, xodim  Shukurov Shukurullo, kichik dasturchi  koordinator Xa Djixunlar tashrif buyurishdi. Mexmonlarni filial faoliyati bilan tanishtirildi va filialda o‘tkazilayotgan  “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyixalar” tanlovi jarayonlarinida ishtirok etishdi. KOICA tashkilotini O‘zbekistondagi ofisi vakillari bilan filial raxbariyati, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedralar  mudirlari o‘rtasida davra stoli o‘tkazildi. Davra stolida KOICAning O‘zbekistondagi faoliyati va strategiyasi, volontyorlik dasturlari va volontyorlarni jalb qilish amaliyoti bilan tanishtirildi. Uchrashuv  yakunida  birgalikdagi xamkorlik faoliyatlari kelishib olindi.