“General-polkovnik va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi

2020-yil 11-fevral kuni Fargʼona shahridagi I.Karimov nomidagi teatr-kontsert saroyida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar maslahatchisi general-polkovnik Аlmatov Zokirjon Аlmatovich va Oʼzbekiston Xalq artisti Yodgor Saʼdievlar ishtirokida Fargʼona viloyati yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga filialning 150 nafar talaba-yoshlari taklif qilindi. Kompyuter injiniringi fakulteti iqtidorli talabasi I.Аxmedovga general-polkovnik Z.Аlmatov tomonidan “Bir umrlik jasorat” nomli kitobi va esdalik sovgʼa topshirildi.

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari: N.Ibragimov