Filialda o’zbek tilini 2020-yilda ommaviy axborot vositalarida keng targ’ib qilish bo’yicha tadbir o’tkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аripov tomonidan 2019-yilning 11-dekabrida tasdiqlangan 30/1-3848-son chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining “Oʼzbek tilini 2020 yilda ommaviy axborot vositalarida keng targʼib qilish boʼyicha media-reja”si asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filialida oʼtkazilgan tadbirlar toʼgʼrisida

‘LUMOT

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri А.Аripov tomonidan 2019-yil 11-dekabrda tasdiqlangan 30/1-3848-son chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining “Oʼzbek tilini 2020-yilda ommaviy axborot vositalarida keng targʼib qilish boʼyicha media-reja”si asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filiali tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan Media rejasi bandlari ijrosi yuzasidan joriy yilning 27-yanvar kuni filialning Аxborot resurs markazida “Oʼzbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan talabalar bilan ijodiy kecha uchrashuvi oʼtkazildi. Shundan kelib chiqib, filialning “Oʼzbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi D.Gʼanieva, kafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Mirzaev, kafedra katta oʼqituvchisi N.Qurbonovlar oʼzbek tilining kelib chiqish tarixi bo’yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar boʼyicha axborot berib oʼtdi. Jumladan, «Oʼzbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi oʼrni va nufuzini oshirish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soʼnggi yillarda Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur oʼrganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʼllanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pogʼonaga koʼtardi», deb fikr berdi filialogiya fanlari nomzodi M.Mirzaev. Uchrashuvdan asosiy maqsad oʼzbek tilining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʼllanishi, xorijiy mamlakatlarda tilimizga eʼtibor va uni oʼrganishga qiziqish kuchayotganligini keng omma orasida yoritishdir. Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʼz milliy manfaatlarini taʼminlash, bu borada avvalo oʼz madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiy ekanligini talabalarga keng tarzda yetkazildi.

Tadbirdan lavhalar