“Prokuror sovrini” sport musobaqalari tashkil etildi

Fargʼona viloyati Oliy taʼlim muassasalari oʼrtasida oʼtkazilgan “PROKUROR SOVRINI” sport musobaqalari toʼgʼrisida

MА’LUMOT

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” boʼyicha 5 ta muhim tashabbus doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Fargʼona viloyat Prokuraturasi tomonidan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbus yaʼni, Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan vazifalar doirasida 2020-yil 6-10 fevral kunlari Fargʼona viloyatidagi oliy oʼquv yurtlari talabalari oʼrtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalar sportning Minifutbol, volleybol, stol tennisi turlari boʼyicha erkaklar va ayollar jamoalaridan iborat talaba sportchi yoshlar oʼrtasida oʼtkazildi. Sport musobaqalarining final bosqichi 2020-yilning 10-fevral kuni Fargʼona viloyat Olimpiya zahiralari sport kolleji binosida oʼtkazildi. Gʼolib boʼlgan jamoa aʼzorlari Fargʼona viloyat Prokuraturasi, Fargʼona viloyat Oliy taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan fahriy yorliq va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandi.