“Tabiiy fanlar” kafedrasi a’zolari va guruh talabalari 2019 yil 7-may kuni Farg‘ona shahrida yashovchi urush veterani Ashurboy ota Dadajonov bilan uchrashdilar

Mehr va e’tibor

Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun. Ana shu ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o‘rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lining bosh yo‘nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o‘zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O‘zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati ulug‘lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.

 “Tabiiy fanlar” kafedrasi a’zolari va guruh talabalari

 2019 yil 7-may kuni Farg‘ona shaharda yashovchi urush veterani  

Ashurboy ota Dadajonov bilan uchrashdilar

97 yoshli keksa Dadajonov Ashurboy ota duo qilmoqda

Ota-onalarni  e’zozlash, insoniylik, mehr-oqibat, shukronalik, osoyishtalik kunlarimizningrohat-farog‘atida mamnunlik, tinchlik va tiriklik haqiga duolar o‘qiladigan shu kunlarda yurtimiz osmoni musaffo, tinchligimiz barqaror bo‘lishini tilab qolamiz.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan barcha bunyodkorlik ishlari qatorida buyuk ajdodlaririmizni anib kimlarning avlodlari ekanimizni teran anglab yetdik.Bugun biz o‘zligini tanigan, butun dunyo tan olgan kelajagi buyuk davlatning keksalari ekanliklaridan faxrlanadilar.

“Tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va guruhtalabalariga Ashurboy ota  tarixiy voqealarni so‘zlab bermoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 aprel farmoniga asosan  mamlakatimizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” shiorlari ostida Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi va joylarda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatadi;

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, harbiy qismlar vakillarini biriktirib, ushbu toifadagi shaxslarni qutlash maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etadi; yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Kafedra a’zolari va guruh talabalari Ashurboy otani suhbatini maroq bilan tinglamoqdalar

Yoshi ulug‘ otaxonu onaxonlarni ko‘rganda, ularniig suhbatiga oshiqamiz. Zero, hayotning pastu balandini ko‘p ko‘rgan, achchiq-chuchugini totgan nuroniylarning har bir so‘zi yosh avlod uchun ibrat namunasidir.

Ayniqsa keksalarni  e’zozlash, insoniylik, mehr-oqibat, shukronalik, osoyishtalik kunlarimizning rohat-farog‘atida mamnunlik, tinchlik va tiriklik haqiga duolar o‘qiladigan shu kunlarda yurtimiz osmoni musaffo, tinchligimiz barqaror bo‘lishini tilab qolamiz.

Ashurboy ota yosh kafedra o‘qituvchilari vaguruh talabalariga Yaponiya urushi haqida gapirib bermoqda

Ashurboy ota urushda bo‘lgan qiziqarli xangomalarni eslab gapirmoqda