TATU Farg‘ona filialida 9 may –“Xotira va Qadrlash kuni”kuniga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi

2019 yilning 7 may kuni soat 11-30da filialning katta majlislar zalida 9 may –“Xotira va Qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan Farg‘ona garnizoni ma’naviyat-ma’rifat markazi harbiy orkestori bilan hamkorlikda filial tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir bayram ssenariysi asosida olib borildi. Tadbirda filialda faoliyat olib borayotgan 3 nafar sobiq harbiy-zobitlari — Kasb ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi Bilolov Inomjon O‘ktamovich, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi Iskandarov Usmonali Umarovich, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi mehnat fahriysi “Tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Maxmudjon Mirzajonov Ahmedovichlarga bayram munosaabati bilan ularning yurt tinchligiga qo‘shgan xissalari uchun filial birlashgan Kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, Kompyuter injiniring fakulteti 3 bosqich talabasi Sotqinboyev Muxsinbek Holmatovga O‘zbekiston Respublikasi qurolli mojarolar va antiterroristik kurash Farg‘ona viloyati assotsiatsiyasi rahbari Davlatjon Nishonov va xavfsizlik xizmati boshlig‘i podpolkovnik Xadjayev Muminxo‘ja Xorumbayevichlar tomonidan 9 may – “Xotira va Qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan Vatanimizni harbiy qudratini mustahkamlash va yoshlarga harbiy Vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishda namunali hissasini qo‘shganligi uchun “Havo kuchlari uchun sadoqat” medaliga sazovor bo‘lganligi sharafiga filial tomonidan Fahriy yorliq bilan taqdirlandi.

Bayram tadbiri davomida filial akademik guruhlari dars jarayonida Farg‘ona garnizon ma’naviyat-ma’rifat markazi harbiy orkestori tomonidan “Sharaf lentasi”ni taqish badiiy loyihasi amalga oshirildi.

Filialning o‘quv binosi fayesida joylashgan 2 ta monitor orqali 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etilmoqda va akademik guruhlar tomonidan bayram shukuhi aks ettirilgan devoriy gazetalar tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Bayram tadbirlari “Axborot va murabbiylik soatlari”da davom etmoqda.

Yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                              A.Rayimov