Bo’lim boshlig’i: 

Teshaboyev Muhiddinjon Marifovich

Tel: (+998) 90 232 00 82

E-mail: muhiddinjon_82@mail.ru


Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari

BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan ta’minlanganligi hamda o‘zaro muvofiqligini tahlil etish;

Filial ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

Talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;

Talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini o‘rganish;

Talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda nazorat ishlarini o‘tkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;

Filial dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;

Har bir fan bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish va filial direktoriga ma’lumotlar berib borish;

Talabalar davomati va professor-o‘qituvchilarning darsga munosabati monitoringini olib borish;

Baholash natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan universitet kengashida hamda rektor yig‘ilishida hisobotlar berib borish;

Bitiruvchilarning bilim darajasini o‘rganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;

Tashkiliy-huquqiy va metodik ko‘rsatmalar asosida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;

Filial ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni filal direktoriga hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasiga taqdim etish;

Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan filial direktoriga takliflar berish;

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

Filialning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog hodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;

Filial professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va hulosalarni filial direktoriga ma’lum qilish;

Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

Filialda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;

Filial reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

Filial muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

Filial ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida professor-o‘qituvchilar va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;

Respublika va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Filial reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

Filial tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan hamda o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

Filial ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflarni berib borish;

filial Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

Ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni filial rahbariyatiga taqdim etish;

BO‘LIM O‘ZIGA YUKLATILGAN VAZIFALARGA MUVOFIQ QUYIDAGI FUNKSIYALARNI AMALGA OSHIRADI:

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tizimli tahlil qiladi;

Asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini o‘rganishga, natijalarni tahlil qilishga qaratadi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi;

Talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar) bilan ta’minlanganlik darajasini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;

Filial professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va ma’lumotlarni tegishli chora-tadbilar belgilash uchun filial direktoriga taqdim etadi;

O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni filial direktoriga taqdim etadi;

Ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligi, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi;

Filil tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

Ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, filialning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni jalb etilishini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;

Pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati ma’lumotlari asosida) tahlil qiladi;

Ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini o‘rganadi;

Ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etadi;

Talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi;

Filialning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;

Filialning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini o‘rganadi;

Filialda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog hodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi;

Filial axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi;

Professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlashda ishtirok etadi;

Talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolislgini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar tayyorlaydi;

Yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;

Filialning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog hodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash jarayoni va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;

Filialda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini aniqlash maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;

Filialda xalqaro xamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, horijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvi, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarining jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi;

Bo‘lim hodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida,  “El yurt – umidi” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etadi;

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan OTMlar reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda hamda boshqa topshiriq va vazifalarni bajarishda ishtirok etadi;

Respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

Universitetda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasiga va filial direktoriga taqdim etadi.

Bo`limda bo`lim boshlig`i va ikki nafar bosh mutaxassis faoliyat olib boradi

  • Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i Teshaboyev Muhiddin
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim Bosh mutaxassisi Rayimjonov Ulug‘bek
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim Bosh mutaxassisi Ergashev Temirxon